Ramazon hayiti munosabati bilan Toshkentdan Xivaga 20 dan 23-aprelga qadar, Samarqandga esa 21-apreldan 24-aprelgacha qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yildi.
Xivadagi tarixiy Bog‘bonli masjidini ta’mirlash ishlari yakunlandi. Loyiha Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan YUNESKOning «Afg‘oniston, Markaziy Osiyo va Erondagi Ipak yo‘li merosi yo‘laklari — Yevropa madaniy meros yilining xalqaro o‘lchovi» tashabbusi doirasida amalga oshirildi.
Xiva shahrining barcha mahalla va Xiva tumanining ba’zi hududlarida ta’mirlash ishlari sabab gaz ta’minoti soat 08:00 dan 18:00 gacha to‘xtatiladi.
Prezident taklifiga ko‘ra, Toshkentdan Xivaga qatnovchi tezyurar poyezdga Jaloliddin Manguberdi nomi beriladi. U 2024 yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Hukumat qarori bilan Xiva restavratsiya maktabi tashkil etiladi. Soha mutaxassislarining malakasini oshirish, «ustoz-shogird» an’analarini rivojlantirish, ilmiy tadqiqot olib borish hamda xorijlik ekspertlar ishtirokida ilmiy anjumanlar tashkil etish maktabning asosiy vazifalari hisoblanadi.
Bokuda bo‘lib o‘tgan Islom hamkorlik tashkilotining XI sessiyasida Xiva 2024 yil «Islom dunyosining turizm poytaxti» deya e’lon qilindi.
Xorazm viloyati hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Temur Davletov Xiva hokimi etib tayinlandi.
Xiva shahrida joylashgan Tosh hovli saroyining devori «Surgut neft stroy» pudratchi xususiy korxonasi tomonidan buzilganligi aniqlandi. Ushbu loyiha Ilmiy-ekspert kengashiga kiritilmaganligi va saroyda loyihasiz ta’mirlash-tiklash ishlari olib borilganligi ma’lum bo‘ldi.
2022 yildan boshlab Xivada har ikki yilda bir marta «Lazgi» xalqaro raqs festivali hamda uning doirasida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting