Madaniyat vazirligi Madaniy meros departamenti 10 dekabrda Xiva shahridagi Tosh hovli saroyida devor buzilishi bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan maqolaga муносабатбилдирди.

Aniqlanishicha, Tosh hovli saroyini sharqiy tomonidagi devor qismi buzilishiga sabab — buyurtmachi tashkilot «Ichan- Qal’a» davlat muzey-qo‘riqxonasi bo‘lib, «Surgut neft stroy» pudratchi xususiy korxonasi tomonidan 8 dekabr kuni devor tepa qismi buzilgan.

«Ichan- Qal’a» davlat muzey-qo‘riqxonasida har qanday ta’mirlash-tiklash ishlari Departament qoshidagi Ilmiy-ekspert kengashi xulosasi asosida bajarilishi va YUNESKO tashkiloti bilan kelishish zarurligi aniq belgilangan.

Ammo loyiha Ilmiy-ekspert kengashiga kiritilmagan va saroyda loyihasiz ta’mirlash-tiklash ishlari olib borilganligi aniqlangan.

Hozirda Departament ushbu saroyda ta’mirlash-tiklash ishlarini to‘xtatdi va huquq targ‘ibot idoralariga hujjat tayyorlanmoqda, deyiladi xabarda.