«unicef» tegli maqolalar


Prezident administratsiyasidan Registon maydonigacha: Jahon bolalar kunida binolar moviy tusga kirdi
21 noyabr 2023, 12:53

Prezident administratsiyasidan Registon maydonigacha: Jahon bolalar kunida binolar moviy tusga kirdi

20-noyabr — Jahon bolalar kunida UNICEF`ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tashabbusi bilan bolalar huquqlarini himoya qilish belgisi sifatida mamlakatdagi ko‘plab binolar moviy tus oldi. Ular qatorida Prezident administratsiyasi binosi hamda Registon maydoni ham bor. “Gazeta.uz” fotoreportaji.

UNICEF va Gavi O‘zbekiston SSVga 3,4 mln dollarlik asbob-uskunalarni topshirdi
20 noyabr 2023, 15:55

UNICEF va Gavi O‘zbekiston SSVga 3,4 mln dollarlik asbob-uskunalarni topshirdi

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi immunizatsiya dasturini raqamlashtirish va chiqindilarni boshqarishni takomillashtirish maqsadida UNICEF va Gavi kompaniyalaridan 3,4 mln dollarlik uskunalarni qabul qilib oldi.

Surxondaryodagi ayrim bog‘chalarda UNICEF dasturi asosida ko‘p tilli guruhlar ochildi
12 oktabr 2023, 17:58

Surxondaryodagi ayrim bog‘chalarda UNICEF dasturi asosida ko‘p tilli guruhlar ochildi

UNICEF Surxondaryoda bolalarning kengaytirilgan va inklyuziv ta’lim olishi uchun Termiz shahri, Termiz va Muzrabot tumanlaridagi ayrim bog‘chalarda ko‘p tilli guruhlar ochdi. Unga Yevropa Ittifoqi 1,6 mln yevro moliyaviy yordam ko‘rsatdi.

O‘zbekiston xalqaro hamkorlardan ta’lim tizimi uchun $580 mln jalb qiladi. Bu nima beradi?
7 aprel 2023, 13:20

O‘zbekiston xalqaro hamkorlardan ta’lim tizimi uchun $580 mln jalb qiladi. Bu nima beradi?

2023−2026-yillarda O‘zbekiston ta’lim tizimini isloh qilish bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqildi. Xalqaro tashkilotlar uch yillik islohotlar uchun 580 mln dollardan ko‘proq ajratishni rejalashtirgan. “Gazeta.uz” O‘zbekiston rasmiylari va xalqaro tashkilotlar vakillaridan bu qanchalik samara berishi haqida so‘radi.

Xalqaro ofatlar xavfini kamaytirishga qaratilgan tanlov e’lon qilindi
10 sentabr 2022, 11:48

Xalqaro ofatlar xavfini kamaytirishga qaratilgan tanlov e’lon qilindi

UNICEF, UNDRR va O‘zbekiston Qizil Yarim oy jamiyati bilan hamkorlikda tabiiy ofatlar xavfining oldini olish va kamaytirish bo‘yicha aholining xabardorligini oshirishga qaratilgan qo‘shiq va musiqalar tanlovi e’lon qilindi. Materiallarni qabul qilish 30 sentabrga qadar davom etadi.

O‘zbekistondagi 225 ta maktab nogironligi bo‘lgan bolalar uchun ochiladi
6 sentabr 2022, 11:52

O‘zbekistondagi 225 ta maktab nogironligi bo‘lgan bolalar uchun ochiladi

O‘zbekistonning barcha viloyatlarida imkoniyati cheklangan bolalar uchun 225 ta maktab o‘z eshiklarini ochadi. UNICEF buni “hal qiluvchi va muhim tashabbus” deya atadi. Xalqaro tajribaga ko‘ra, inklyuziv ta’limning joriy etilishi umumiy ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilmoqda, deb qayd etdi jamg‘arma.

USAID O‘zbekistonga $1,3 mlnlik uskunalarni topshirdi
30 may 2022, 16:44

USAID O‘zbekistonga $1,3 mlnlik uskunalarni topshirdi

AQSh o‘zining Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) orqali O‘zbekistonning milliy immunizatsiya tizimini mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston SSVga sovuq zanjirli uskunalar va kompyuterlarni topshirdi. Uskunalar 671 ta sovutgich, 212 ta muzlatgich va 150 ta kompyuterdan iborat bo‘lib, umumiy qiymati 1,3 mln dollarni tashkil etadi.

Navoiyda UniSat dasturining 20 nafar o‘quvchisi nano sun’iy yo‘ldoshini uchirdi
10 may 2022, 17:51

Navoiyda UniSat dasturining 20 nafar o‘quvchisi nano sun’iy yo‘ldoshini uchirdi

UniSat ta’lim dasturining 20 nafar o‘quvchi-qizi Navoiy viloyatida o‘zi yasagan ultrazamonaviy nano sun’iy yo‘ldoshini stratosferaga uchirdi. Qizlar uning yordamida havoning ifloslanishi haqidagi ma’lumotlarni tahlil qiladi.

O‘zbekistonga 2,1 mlndan ortiq Moderna vaksinasi keltirildi
28 mart 2022, 10:14

O‘zbekistonga 2,1 mlndan ortiq Moderna vaksinasi keltirildi

Dushanba kuni O‘zbekiston COVAX dasturi doirasida koronavirusga qarshi yana 2,1 mln dozadan ortiq Moderna vaksinasini qabul qilib oldi.

UNICEF O‘zbekistonga vaksinalarni saqlash uchun $500 mingdan ortiq qiymatdagi uskunalarni taqdim etdi
15 fevral 2022, 18:05

UNICEF O‘zbekistonga vaksinalarni saqlash uchun $500 mingdan ortiq qiymatdagi uskunalarni taqdim etdi

UNICEF O‘zbekiston hukumatiga vaksinalarni saqlash omborlari uchun 500 ming dollardan ko‘proq qiymatdagi 118 muzlatgich, 7 ming dona termosumka va tibbiyot xodimlari uchun shaxsiy himoya vositalarini topshirdi (foto).

O‘zbekistonga yarim million dozadan ortiq Moderna vaksinasi olib kelindi
10 yanvar 2022, 11:23

O‘zbekistonga yarim million dozadan ortiq Moderna vaksinasi olib kelindi

O‘zbekistonga COVAX global dasturi doirasida beg‘araz yordam sifatida 500 ming dozadan ortiq Moderna vaksinasi olib kelindi.

Toshkentda mintaqadagi eng yirik vaksinalar ombori ochildi
20 noyabr 2021, 12:51

Toshkentda mintaqadagi eng yirik vaksinalar ombori ochildi

Toshkentda Markaziy Osiyodagi eng yirik vaksinalar ombori ochildi. U turlicha saqlash harorati bilan barcha turdagi vaksinalarni saqlashi mumkin. Ombor UNICEF ko‘magida qurilib, Sog‘liqni saqlash vazirligiga topshirildi.

Nogironligi bor bolalarni jamiyatdan ajratib qo‘yish amaliyotini to‘xtatishga chaqiraman — Ziroat Mirziyoyeva
19 noyabr 2021, 16:55

Nogironligi bor bolalarni jamiyatdan ajratib qo‘yish amaliyotini to‘xtatishga chaqiraman — Ziroat Mirziyoyeva

«Zamin» fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva imkoniyati cheklangan bolalarni jamiyatdan ajratib qo‘yish amaliyotiga chek qo‘yish va bu boradagi ezgu tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. UNICEF`ning Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha mintaqaviy direktori Afshan Xan bilan nogironligi bo‘lgan bolalarga nisbatan stigma va diskriminatsiyaga barham berish bo‘yicha umummilliy kampaniya boshlanishi e’lon qilindi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting