28 mart kuni COVAX dasturi doirasida O‘zbekistonga Moderna vaksinasining 2 108 400 dozasi yetib keldi, deb xabar berdi YUNISEFning YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi matbuot xizmati.

Ushbu dastur doirasida qabul qilingan dozalarning umumiy miqdori 19,24 mln dozaga yetdi.

COVAX — bu Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, GAVI, CEPIvaccines va YUNISEFni birlashtirgan global tashabbusdir.

Eslatib o‘tamiz, 14 mart kuni ham O‘zbekistonga COVAX dasturi doirasida 1 mln 999,5 ming doza Pfizer/BioNTech vaksinasi keltirilgan edi. Bundan tashqari, 2 mart kuni O‘zbekistonga ushbu dastur doirasida shprits va ularni xavfsiz utilizatsiya qilish uchun qutilardan iborat umumiy qiymati 669 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan yuk yetib kelgandi.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmati rahbari Bahodir Yusupaliyev mart, iyun va iyul oylarida yana 4 mln doza Pfizer, 7,5 mln doza Moderna vaksinasi olib kelinishini ma’lum qilgandi.