«so‘z erkinligi» tegli maqolalar


«Inson huquqlari uchun mas’uliyatni zimmaga olish kerak» — Amnesty International
5 aprel 2022, 16:22

«Inson huquqlari uchun mas’uliyatni zimmaga olish kerak» — Amnesty International

O‘zbekistonda inson huquqlari sohasidagi yaxshilanishlar bilan bir qatorda, so‘z erkinligi, uyushmalar va tinch yig‘ilishlar erkinligiga nisbatan cheklovlar saqlanib qolmoqda, deyiladi Amnesty International hisobotida. Dunyoda so‘z, vijdon erkinligi, yig‘ilish erkinligi va boshqa erkinliklarga nisbatan tazyiq kuchaymoqda, deya ta’kidladi inson huquqlari tashkiloti.

«Orqaga qaytish bo‘ldi, lekin ijobiy narsalar hali ham ko‘p». Buyuk Britaniya elchisi O‘zbekistondagi so‘z erkinligi haqida
4 aprel 2022, 17:50

«Orqaga qaytish bo‘ldi, lekin ijobiy narsalar hali ham ko‘p». Buyuk Britaniya elchisi O‘zbekistondagi so‘z erkinligi haqida

«Bu so‘nggi bir necha yil ichida ko‘proq orqaga ketgan sohalardan biri. Lekin ijobiy narsalar hali ham ko‘p», — dedi Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchisi Tim Torlot O‘zbekistondagi so‘z erkinligi bilan bog‘liq vaziyatni tasvirlar ekan. Uning so‘zlariga ko‘ra, jurnalistlar va blogerlar unchalik gapirishni xushlamaydigan muammolar hali ham mavjud.

Avtobloger Bobur G‘aniyev YouTube-kanalidagi faoliyatini to‘xtatishga qaror qildi
18 oktabr 2021, 22:36

Avtobloger Bobur G‘aniyev YouTube-kanalidagi faoliyatini to‘xtatishga qaror qildi

Avtobloger Bobur G‘aniyev huquq -tartibot idoralari xodimlarini haqorat qilgani va ularning talablarini bajarmagani uchun 15 kunga qamalganidan so‘ng YouTube-kanalidagi faoliyatini to‘xtatishga qaror qildi. U o‘z qarorini tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi va kanalni saqlab turishga ulgurmasligi bilan izohladi. Videomurojaat paytida u qo‘lga olinayotganda va hibsdaligida egnida bo‘lgan ustki kiyimini yoqib yubordi.

«Ijtimoiy tarmoqlarni bir oyga yopib, hammani kitob, gazetaga o‘tqazish kerak» — Namangan viloyati hokimi
5 iyul 2021, 08:36

«Ijtimoiy tarmoqlarni bir oyga yopib, hammani kitob, gazetaga o‘tqazish kerak» — Namangan viloyati hokimi

Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov yoshlar ko‘proq kitob va gazetalarni o‘qishlari uchun ijtimoiy tarmoqlarni bir oyga yopishni taklif qildi. O‘z navbatida, deputat Rasul Kusherbayev axborot asrida ijtimoiy tarmoqlarni cheklashni kulguli va absurd qaror deb atadi.

“Bugungi sukunat orqali sohadagi barcha muammolarga e’tibor qaratishni istadik” — Kun.uz
23 iyun 2021, 00:26

“Bugungi sukunat orqali sohadagi barcha muammolarga e’tibor qaratishni istadik” — Kun.uz

Kun.uz 22-iyun kuni o‘zbek tilidagi xabarlar lentasini yangilamadi. Nashr mamlakatda so‘z erkinligi bilan bog‘liq ayrim qonunchilik me’yorlari hamon eski qoliplarda qolayotgani, bunday kamchiliklar istalgan vaqtda so‘z erkinligiga qarshi qurol sifatida foydalanilishi mumkinligini ma’lum qildi.

«Agneshka Pikulitskaga akkreditatsiya berilmaganligi — siyosiy xato» — siyosatshunos
3 iyun 2021, 10:08

«Agneshka Pikulitskaga akkreditatsiya berilmaganligi — siyosiy xato» — siyosatshunos

Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov Tashqi ishlar vazirligi polshalik jurnalist Agneshka Pikulitskaning akkreditatsiyasini uzaytirmaganligini siyosiy xato deb atadi. «Biron bir xorijiy jurnalistlar qonunchilikni jiddiy buzadigan bo‘lsa, uni tezda haydash emas, qonunchilikka bo‘ysundirishning ohista yo‘llari ishga solinishi kerak», — deydi u.

Daryo.uz bosh muharriri huquqni muhofaza qilish organlariga chaqirtirilganini rad etdi
20 mart 2021, 10:41

Daryo.uz bosh muharriri huquqni muhofaza qilish organlariga chaqirtirilganini rad etdi

Daryo.uz bosh muharriri Muhrim A’zamxo‘jayev uni «profilaktik suhbat uchun» huquqni muhofaza qilish organlariga chaqirtirishgani haqidagi xabarlarni rad etdi. «Gazeta.uz» manbalari esa bir necha jurnalistlar chaqirtirilganini ma’lum qildi.

Surxondaryoda bloger hibsga olindi. Advokat ish uydirilgan deb hisoblamoqda
8 fevral 2021, 21:34

Surxondaryoda bloger hibsga olindi. Advokat ish uydirilgan deb hisoblamoqda

Surxondaryo rahbariyatini tanqid qiluvchi bloger Otabek Sattoriy tovlamachilik yo‘li bilan telefonni qo‘lga kiritganlikda gumonlanib hibsga olindi. Huquqni muhofaza qilish organlari jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Blogerning advokati ish uydirilgan deb hisoblamoqda. Vaziyatga deputat Rasul Kusherbayev va Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi e’tibor qaratdi.

Qonunga zid izohlar uchun javobgarlik joriy qilindi
25 dekabr 2020, 16:14

Qonunga zid izohlar uchun javobgarlik joriy qilindi

OAV va bloglarda qoldirilgan izohlar uchun javobgarlik joriy etilmoqda. AOKA qonunga zid izohlar haqida resurs egasi va blogerlarni ogohlantiradi, 24 soat ichida izohlar o‘chirilmasa, sudga murojaat qilishi mumkin.

«Hukumat matbuotni xavf-xatar emas, o‘ziga sherik deb bilishi kerak» — Xelena Frayzer
3 dekabr 2020, 16:55

«Hukumat matbuotni xavf-xatar emas, o‘ziga sherik deb bilishi kerak» — Xelena Frayzer

BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Xelena Frayzer inson huquqlari doirasida so‘z erkinligining ahamiyati haqida so‘zladi. Shuningdek, u blogerlar, jurnalistlar, OAV xodimlari faoliyatini erkin olib borishlariga ta’qiqlar qo‘yilmasligini va bunday vaziyatlarda ximoya choralari ko‘rilishi mumkinligini ta’kidlab o‘tdi.

«Endi chegaralarni yopmaymiz, endi internet uzluksiz ishlaydi» — prezident
1 oktabr 2020, 12:17

«Endi chegaralarni yopmaymiz, endi internet uzluksiz ishlaydi» — prezident

O‘zbekiston endi chegaralarni yopmaydi, endi internet uzluksiz ishlaydi, deya ma’lum qildi Shavkat Mirziyoyev. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, OAV bilan muloqot qilmagan rahbarlarning kelajagi yo‘q.

Kun.uz Qashqadaryodagi «temir daftar» bilan bog‘liq «spektakl» haqidagi maqolani o‘chirdi
18 sentabr 2020, 19:04 1

Kun.uz Qashqadaryodagi «temir daftar» bilan bog‘liq «spektakl» haqidagi maqolani o‘chirdi

Kun.uz nashri «temir daftar»da bo‘lmagan shaxslarga yer ajratilgani haqidagi maqolani o‘chirdi. Xabar qilinishicha, sabzavotchilik bilan shug‘ullanish uchun olti kishi o‘rtasida 10 gektar yer bo‘lib berilgan va ular orasida faqat bir kishi ehtiyojmand oilalar ro‘yxatida bo‘lgan. Yana bir fuqaroning holati esa bahsli.

Erkinlik chegaralari
14 sentabr 2020, 12:14

Erkinlik chegaralari

So‘z erkinligi va nafratga to‘la ritorika o‘rtasidagi huquqiy chegaralar qayerda? Internetdagi bullingga (boshqalarni tahqirlash, zo‘ravonlik) qarshi huquqiy himoyani qanday kuchaytirish mumkin? Inson huquqlari bo‘yicha huquqshunos, Global Shapers Tashkent Hub tashabbusining kurator-asoschisi Dilfuza Kurolovaning maqolasida.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting