«serdar berdimuhamedov» tegli maqolalar


22 sentabr 2022, 17:33

Shavkat Mirziyoyev Serdar Berdimuhamedovni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev 22 sentabr kuni Serdar Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. O‘zbekiston prezidenti Turkmaniston prezidentini tavallud kuni bilan qutlab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, turkman xalqiga esa farovonlik tiladi.

15 sentabr 2022, 09:29

Emomali Rahmon va Serdar Berdimuhamedov ham Samarqandga keldi

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov SHHT davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun Samarqand shahriga keldi. Ikki prezidentni ham bosh vazir Abdulla Aripov kutib oldi.

27 avgust 2022, 08:42

Kamilov va Norov Turkmanistonning «Galkinish» ordeni bilan taqdirlandi

O‘zbekiston prezidentining maxsus vakili Abdulaziz Kamilov va tashqi ishlar vaziri v. b. Vladimir Norov Turkmanistonning «Galkinish» («Tiklanish») ordeni bilan taqdirlandi. Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov esa O‘zbekistonning «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi. Marosim Ashxobodda bo‘lib o‘tdi.

15 iyul 2022, 11:30

Turkmaniston bilan 19 ta hujjat imzolandi

Turkmaniston prezidentining O‘zbekistonga tashrifi yakunlari bo‘yicha 19 ta hujjat, jumladan, Amudaryo suv resurslarini boshqarish, muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish to‘g‘risida, transport va tranzit hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi bitimlar imzolandi.

15 iyul 2022, 10:00

O‘zbekiston Turkmanistondan elektr energiyasi, gaz va neft mahsulotlarini olib kirishdan manfaatdor

O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlarining kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralarida O‘zbekiston energetika sohasida, jumladan, Turkmanistondan elektr energiyasi, gaz va neft mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdorligini bildirdi.

14 iyul 2022, 17:09

Serdar Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevni Turkmanistonga taklif qildi

Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidentini «Ko‘ksaroy» qarorgohida kutib oldi. Shundan so‘ng, ikki davlat yetakchilari tor doiradagi muzokaralarda o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Serdar Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevni javob tashrifi bilan Turkmanistonga kelishga taklif qildi.

14 iyul 2022, 13:51

Turkmaniston prezidenti Toshkentga keldi

Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedovni Toshkent xalqaro aeroportida bosh vazir Abdulla Aripov, tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov va Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev kutib oldi.

13 iyul 2022, 15:25

Turkmaniston prezidenti davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi

14−15 iyul kunlari Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi. U prezident Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar o‘tkazadi va Samarqandga boradi.

15 mart 2022, 17:38

Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti va saylangan prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov va saylangan prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. Muloqotda, jumladan, ikki tomonlama munosabatlar kun tartibi va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari ham muhokama qilindi.

15 mart 2022, 13:58

Shavkat Mirziyoyev Serdar Berdimuhamedovni saylovda g‘alaba qozongani bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonning saylangan prezidenti Serdar Berdimuhamedovni saylovda qozongan g‘alabasi bilan tabrikladi.

15 mart 2022, 12:11

Serdar Berdimuhamedov — Turkmanistonning yangi prezidenti

Turkmanistonda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovi yakunlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, mamlakatning amaldagi rahbari Gurbanguli Berdimuhamedovning o‘g‘li Serdar Berdimuhammedov 72,9 foiz ovoz bilan prezidentlikka saylandi.

14 fevral 2022, 19:14

Berdimuhamedovning o‘g‘li Turkmaniston prezidentligiga nomzod sifatida ko‘rsatildi

Turkmaniston prezidentining o‘g‘li Serdar Berdimuhamedov (39 yosh) mart oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovida nomzod sifatida qatnashadi. Uning nomzodi Gurbanguli Berdimuhamedov raislik qiluvchi «Turkmaniston demokratik partiyasi» nomidan ko‘rsatilgan.

29 aprel 2021, 09:53

Turkmanistonda «prezident imijini buzmaslik» uchun do‘konlarda navbat hosil qilish taqiqlandi — OAV

Turkmanistonning Turkmanobod shahrida «prezident imijini buzmaslik» uchun do‘konlar oldida odamlarning yig‘ilishi taqiqlanganligi aytilmoqda. Mahalliy aholi do‘konda 4 kishidan ko‘proq odam to‘plansa, politsiya hibsga olish bilan tahdid qilayotganligini ta’kidlamoqda.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting