Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmon 15 sentabr kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun Samarqand shahriga keldi.


Xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

So‘ng Tojikiston rahbari Hazrati Xizr yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Islom Karimov qabriga gul qo‘ydi.


Shuningdek, Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham Shanxay hamkorlik tashkiloti davlat rahbarlari kengashi majlisida faxriy mehmon sifatida ishtirok etish uchun 15 sentabr kuni O‘zbekistonga keldi.

Ushbu mehmonni ham Abdulla Aripov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.


Tashrif dasturida Serdar Berdimuhamedov Hazrati Xizr majmuasiga tashrif buyurib, Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirishi ko‘zda tutilgan.

Bundan avval Samarqandga Mo‘g‘iliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux, Eron prezidenti Ibrohim Raisiy va XXR raisi Si Szinpin keldi.