1-martdan boshlab O‘zbekistondagi barcha yuridik shaxslarga sement, sement klinkeri va qurilish oynasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida cheklovlarsiz (kvotasiz) eksport qilishga ruxsat berildi. Shuningdek, kompaniyalarga qurilish materiallarini eksport qilishda transport xarajatlarining 50 foizigacha kompensatsiya to‘lanadi.
Prezident ishtirokidagi videoselektorda sement importi uchun imtiyozlar muddati yana bir yilga uzaytirilishi ma’lum qilindi. Shuningdek, sement ishlab chiqaruvchilarga foyda solig‘i 20 foizdan 15 foizgacha, yer qa’ridan foydalanganlik solig‘i esa 2 baravarga kamaytirilishi qayd etildi.
1 oktyabrdan boshlab sement (klinker) ishlab chiqaruvchilar uchun foyda solig‘ining stavkasi 15 foizgacha pasaytiriladi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar import mahsulotlari bilan raqobatlasha olmayotgani uchun bu haqda prezidentdan tadbirkorlar bilan uchrashuvda so‘ralgan edi.
O‘zbekiston yanvar-aprel oylarida sement importi hajmini ikki barobarga oshirdi. To‘rt oy ichida 50,5 mln dollarlik 1 mln tonna sement olib kirildi — sabablar va eng ko‘p sement import qilingan davlatlar.
1 apreldan 1 oktyabrgacha sement mahsulotlarini O‘zbekistonga olib kirishda bojxona bojining nol stavkasi qo‘llaniladi. Bu mamlakatda qurilayotgan uy-joylar narxini arzonlashtirish maqsadida amalga oshiriladi.
«Quvasoysement» va «Ohangaronsement» korxonalari gaz bosimi pasayishi tufayli sement ishlab chiqarishni to‘xtatib qo‘ydi. Shu sababli, ishlab chiqaruvchilarning mahsuloti fond birja ro‘yxatiga olinmadi, bu esa narxlarning 5 foiz o‘sishiga olib keldi.
O‘zbekiston 9 oy davomida 7,8 mln tonna sement ishlab chiqarib, Afg‘oniston, Singapur, Rossiya, Xitoy, Turkiya kabi davlatlarga 24,2 mln dollarlik mahsulot sotdi.
O‘zbekistonga sement import qilish va uni erkin muomalaga chiqarish tartiblari soddalashiriladi. Shuningdek, 2020−2021 yillarda sement ishlab chiqarish bo‘yicha 1,2 mlrd dollarlik 18 ta loyiha ishga tushiriladi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi sementni import asosida respublikaga “yashil yo‘lak” tizimi orqali olib kirishni taklif qildi. Ko‘zlangan tartibga ko‘ra, olib kirilayotgan sementni sertifikatlashtirish, laboratoriya sinovidan o‘tkazish belgilangan. Nomuvofiq sement olib kirgan tadbirkorga javobgarlik tartibi ham belgilangan.
Hukumat sementni import qilish jarayonini soddalashtirish bo‘yicha topshiriq berdi. Sementga bo‘lgan talab va narxlarning oshishiga amalga oshirilayotgan qurilish ishlarining faollashuvi va jadallashuvi hamda sement mahsuloti importi hajmining kamayganligi sabab bo‘lmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting