O‘zbekistonda 2020 yilning yanvar-sentyab oylarida 7,8 mln tonna sement ishlab chiqarilgan, deb xabar bermoqda Davlat statistika qo‘mitasi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 102,6 foizni tashkil etadi.

Sement ishlab chiqarish korxonalari tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmida eng yuqori ulush Toshkent viloyati 47,2%, Navoiy viloyati 35,5% hamda Farg‘ona viloyati 11,8% hissasiga to‘g‘ri keldi.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston 2020 yilning 9 oyida Afg‘oniston, Singapur, Rossiya, Xitoy, Turkiya va boshqa bir qator xorijiy davlatlarga qiymati 24,2 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan sement eksport qilingan.

O‘z navbatida yurtimizga Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iz Respublikasi, Eron, Rossiya va boshqa davlatlardan qiymati 87 mln dollarga teng bo‘lgan sement mahsuloti import qilingan.