«o‘zlidep» tegli maqolalar


O‘zLiDeP yangi avtomobil sotib oluvchi davlat idoralarini tejamkorlikka chaqirdi
7 aprel 2024, 10:23

O‘zLiDeP yangi avtomobil sotib oluvchi davlat idoralarini tejamkorlikka chaqirdi

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi deputatlari Nodir Abduvaliyev va Sardor G‘iyosov vazirlik va idoralarni tejamkorlikka chaqirdi. Ular budjet taqchilligi fonida tashkilotlar tomonidan qimmatbaho avtotransportlar xarid qilinishi holatlarini qoraladi.

O‘zLiDeP Minerva city loyihasidan qaytarilgan yerlar boshqa investorga to‘g‘ridan-to‘g‘ri berilishiga qarshi chiqdi
13 fevral 2024, 19:32

O‘zLiDeP Minerva city loyihasidan qaytarilgan yerlar boshqa investorga to‘g‘ridan-to‘g‘ri berilishiga qarshi chiqdi

O‘zLiDeP Minerva city loyihasidan qaytarilgan 100 gektar maydon to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqa investorga berilishiga qarshi ekanini va yer maydonlari faqat ochiq auksionlar orqali sotilishi tarafdori ekanini bildirdi. Avvalroq Yangihayot tumani hokimi hududga pul tikmoqchi bo‘lgan xitoylik investor borligini aytgandi.

Rasul Kusherbayev nima uchun O‘zLiDePdan ketishga qaror qilganini aytdi
1 avgust 2023, 19:00

Rasul Kusherbayev nima uchun O‘zLiDePdan ketishga qaror qilganini aytdi

Rasul Kusherbayev O‘zLiDeP partiyasidan “o‘z o‘rnini ko‘rmayotgani uchun” ketishga qaror qilganini aytdi. U buni uzoq vaqtdan beri rejalashtirganini bildirdi. Internetda taxmin qilinganidek, uning boshqa partiyaga a’zo bo‘lish rejasi hozircha yo‘q.

Shavkat Mirziyoyev O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod etib tasdiqlandi. Uning dasturidagi asosiy masalalar
30 may 2023, 22:30

Shavkat Mirziyoyev O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod etib tasdiqlandi. Uning dasturidagi asosiy masalalar

O‘zLiDeP Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston prezidentligiga nomzod sifatida tasdiqladi. Saylovoldi dasturida sanoat sohasidagi “megaloyihalar”, Ijtimoiy himoya milliy agentligini tashkil etish, avtomobil ishlab chiqarishni 1 mln dan ortiq donaga yetkazish va boshqalar haqida gapirdi.

O‘zLiDeP Shavkat Mirziyoyevni prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatadi
12 may 2023, 22:07 2

O‘zLiDeP Shavkat Mirziyoyevni prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatadi

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston prezidentligiga nomzod sifatida ko‘rsatadi.

Poytaxtlik deputat unga qarshi «siyosiy buyurtma» bo‘lganini ma’lum qildi
19 yanvar 2022, 14:23

Poytaxtlik deputat unga qarshi «siyosiy buyurtma» bo‘lganini ma’lum qildi

Toshkentning Uchtepa tumani kengashi deputati Nuriddin Zaynitdinov «siyosiy buyurtma, provakatsiyalar va bosim» tufayli deputatlik faoliyatini yakunlashi mumkinligini ma’lum qildi. «Gazeta.uz» bilan suhbatda u bular ortida «tuman va shahar hokimliklari bilan bog‘liq uch-to‘rtta deputat» turgan bo‘lishi mumkinligini aytdi. Senat mazkur vaziyatni o‘rganmoqda.

Shavkat Mirziyoyev prezidentlik saylovlarida ovoz berdi (foto)
24 oktabr 2021, 11:55 1

Shavkat Mirziyoyev prezidentlik saylovlarida ovoz berdi (foto)

Amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev prezidentlik saylovlarida ishtirok etib, o‘z ovozini berdi (foto).

O‘zLiDeP nomzodi poytaxtdagi tirbandliklarni hal etish bo‘yicha o‘zining takliflarini bildirdi
19 oktabr 2021, 13:17

O‘zLiDeP nomzodi poytaxtdagi tirbandliklarni hal etish bo‘yicha o‘zining takliflarini bildirdi

Prezidentlikka O‘zLiDeP partiyasidan nomzod Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi tirbandliklarni bartaraf etish uchun ko‘chalarda 21 ta yo‘l o‘tkazgichlar, 6 ta metro bekati atrofida hamda markaziy ko‘chalarda 80 ta ko‘p qavatli avtoturargohlar qurishni taklif qildi. «Yo‘l harakatini „aqlli tartibga solish“ tizimi joriy etiladi», — dedi u. Ko‘chalarni ta’mirlashga esa 3,2 trln so‘m ajratilishi ta’kidlandi.

«Prezident bo‘lsam, migrantlar soliqqa hech qachon tortilmaydi» — Shavkat Mirziyoyev
16 oktabr 2021, 11:28 1

«Prezident bo‘lsam, migrantlar soliqqa hech qachon tortilmaydi» — Shavkat Mirziyoyev

O‘zLiDeP nomzodi va amaldagi prezident Shavkat Mirziyoyev «Milliy tiklanish» partiyasi nomzodi Alisher Qodirovning migrantlarni soliqqa tortish haqidagi taklifini tanqid qilib, «bu soliqqa tortiladigan daromad emasligini» aytdi. «Ishontirib aytmoqchimanki, agar men shu yurtda rahbar bo‘lib ishlasam, ular hech qachon soliqqa tortilmaydi… Ham o‘zini, ham oilasini boqayotgan yurtdoshlarimizga, faqat rahmat aytish kerak», — dedi u.

«Inson qadri uchun» — Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturi
27 sentabr 2021, 14:36

«Inson qadri uchun» — Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturi

O‘zLiDeP partiyasidan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev saylovoldi dasturida 2027 yilgacha mamlakatda kambag‘allikni kamida 2 baravarga kamaytirish, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, sud-huquq tizimidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, davlat boshqaruvini takomillashtirishni nazarda tutuvchi besh yillik Yangi O‘zbekiston strategiyasini e’lon qildi.

XDP deputati Shavkat Mirziyoyevning ishonchli vakili bo‘ldi
23 sentabr 2021, 11:30

XDP deputati Shavkat Mirziyoyevning ishonchli vakili bo‘ldi

Xalq demokratik partiyasi deputati Ra’no Turdiboyeva O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyevning ishonchli vakili bo‘ldi. XDP axborot xizmatining “Gazeta.uz"ga ma’lum qilishicha, Ra’no Turdiboyeva 3 oy avval partiya a’zoligidan chiqqan.

Bukmekerlik faoliyati bilan shug‘ullanishga faqat O‘zbekiston rezidentlariga ruxsat berish taklif etildi
14 sentabr 2021, 18:57

Bukmekerlik faoliyati bilan shug‘ullanishga faqat O‘zbekiston rezidentlariga ruxsat berish taklif etildi

Qonunchilik palatasi a’zosi Doniyor G‘aniyev faqatgina O‘zbekiston rezidentlariga bukmekerlik bilan shug‘ullanishga ruxsat berishni taklif qilmoqda. Deputat norezident bukmekerlarga O‘zbekiston bank tizimidan to‘lovlar amalga oshirilishini taqiqlash kerakligini ham aytdi. Shuningdek, u totalizatorlarni reklama va targ‘ibot qilishga ruxsat bermaslik hamda jismoniy shaxslar uchun «stavka"larning maksimum chegarasini belgilash taklifini ilgari surdi.

Mislsiz islohotlar o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi — Abdulla Aripov
9 avgust 2021, 11:39

Mislsiz islohotlar o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi — Abdulla Aripov

«Biz juda tez amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarga ko‘nikib qoldik. Ularning mohiyatini anglashga ulgurmayapmiz. Mislsiz islohotlar aynan shunday bo‘lishi kerakdek va shu ishlar o‘z-o‘zidan bo‘layotgandek qabul qilyapmiz» — dedi Abdulla Aripov O‘zLiDeP siyosiy kengashining navbatdagi majlisida. Barcha islohotlar zamirida Shavkat Mirziyoyevning qat’iyati mujassam, deya ta’kidladi u.

Shavkat Mirziyoyev prezidentlik saylovlarida O‘zLiDeP partiyasidan qatnashadi
7 avgust 2021, 11:18

Shavkat Mirziyoyev prezidentlik saylovlarida O‘zLiDeP partiyasidan qatnashadi

O‘zLiDeP partiyasi oktyabr oyidagi prezidentlik sayloviga amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev nomzodini ko‘rsatmoqchi ekanligini e’lon qildi.

O‘zLiDeP logotipini o‘zgartirmoqda
2 iyul 2021, 18:49

O‘zLiDeP logotipini o‘zgartirmoqda

O‘zLiDeP partiyani rebrending qilish doirasida o‘z logotipini o‘zgartirmoqda.

«Muammolarni sun’iy yaratish, fitna qo‘zg‘ashga o‘xshash harakat qilayotganga o‘xshaydi» — Rasul Kusherbayev «Milliy tiklanish» partiyasi haqida
6 may 2021, 17:37

«Muammolarni sun’iy yaratish, fitna qo‘zg‘ashga o‘xshash harakat qilayotganga o‘xshaydi» — Rasul Kusherbayev «Milliy tiklanish» partiyasi haqida

Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev «Milliy tiklanish» gazetasida O‘zLiDeP partiya a’zolari haqidagi maqolani «bozorbop chiqish» deb atadi. «Hammani birdek, bir qolipda fikrlashga o‘rgatish va ayttirish sobiq ittifoq mafkurasiga xos ish va bu „Milliy tiklanish“ partiyasiga yoqqan ko‘rinadi», — dedi deputat. Kusherbayev partiya muamollarni sun’iy yaratish, nizo chiqarish kabi harakatlarni qilayotganga o‘xshayotganligini ta’kidladi.

XDP Samarqand viloyat kengashiga O‘zLiDeP deputati rais etib saylangan — OAV
5 may 2021, 14:29

XDP Samarqand viloyat kengashiga O‘zLiDeP deputati rais etib saylangan — OAV

XDP Samarqand viloyat kengashiga O‘zLiDeP deputati rais etib saylanganligi, partiya xodimlari buni sharmandalik deb baholashayotgani aytilmoqda. XDP bergan bayonotga ko‘ra, deputat partiyaning viloyat kengashi rahbari etib saylanishidan oldinroq fevral oyida XDP a’zoligiga qabul qilingan. U O‘zLiDeP a’zoligidan chiqqarilganligi ham ta’kidlanmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting