Prezident saylovida O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyev Mirzo Ulug‘bek tumani Alisher Navoiy mahallasidagi 59-saylov uchastkasiga tashrif buyurib, ovoz berish jarayonida ishtirok etdi.

Shavkat Mirziyoyevning 9 nafar oila a’zosi ham saylov uchastkasida bo‘ldi, saylov huquqi egalar ovoz berishdi, deb yozadi jurnalist Aziza Qurbonova.



Foto: Prezident matbuot xizmati.