2021-yilning mayida 6,5 yilga qamalgan surxondaryolik bloger Otabek Sattoriy sud ajrimi bilan qamoqdan ozod etildi. Unga belgilangan jazo axloq tuzatish ishi jazosiga almashtirilib, ish haqining 20 foizini davlat daromadi foydasiga undirilishi belgilandi.
Qarshidagi manzil koloniyada Otabek Sattoriy bilan uchrashgan “Ezgulik” jamiyati a’zosi Abdurahmon Tashanov bloger “aprel oxiri, mayning boshlarida” ozodlikka chiqishi mumkinligini ma’lum qildi. Bloger ozodlikka chiqqach, “tinchgina axborot texnologiyalari sohasida ishlamoqchi” ekanini aytgan.
6,5 yilga qamalgan bloger Otabek Sattoriy umumiy tartibli koloniyadan manzil koloniyaga o‘tkazildi.
6,5 va 7,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan blogerlar Otabek Sattoriy va Fozilxodja Arifxodjayev Navoiy viloyatidagi koloniyalarda saqlanmoqda. Otabek qurilish mollariga naqsh bosayotgan bo‘lsa, Fozilxodja usta bo‘lib ishlayapti. Bu yerda shuningdek, «Ahmadboy» nomi bilan tanilgan Ahmadjon Tursunboyev o‘z jazosini o‘tamoqda. Ombudsman va inson huquqlari himoyachilaridan iborat ishchi guruh mahkumlarni saqlash sharoitlari bilan tanishdi.
Oliy sud muqaddam 6,5 yilga qamalgan surxondaryolik bloger Otabek Sattoriyga oid jinoyat ishiga kassatsiya tartibida berilgan shikoyatni ko‘rib chiqib, hukmni o‘zgarishsiz qoldirdi.
Apellyatsiya sudi avvalroq 6,5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan surxondaryolik bloger Otabek Sattoriy uchun jazo muddatini o‘z kuchida qoldirdi. Blogerga ikkita uyi qaytariladi.
Surxondaryolik bloger Otabek Sattoriy ishi bo‘yicha apellyatsiya shikoyati Samarqand viloyati sudida ko‘rib chiqiladi. Uning advokati ishni ko‘rib chiqish joyini o‘zgartirishni so‘rab, Oliy sudga ariza kiritdi.
Surxondaryolik bloger Otabek Sattoriyga nisbatan sud hukmi o‘qib eshittirildi. U JKning ikkita moddasi bo‘yicha oqlandi, biroq tuhmat va tovlamachilik moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Sud unga 6 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi. Uning advokati esa apellyatsiya shikoyatini berishini ma’lum qildi.
Prokuror suddan Otabek Sattoriyni beshta bandda aybdor deb topib, 11 yilga ozodlikdan mahrum qilishni so‘radi. Bloger tovlamachilik va tuhmat qilishda ayblanmoqda. Sudlanuvchining advokati Umidbek Davlatovning ta’kidlashicha, ayblovda ko‘rsatilgan holatlarning hech biri o‘z isbotini topmagan.
Surxondaryolik bloger Otabek Sattoriyga qarshi arz qilgan dehqon bozori rahbari, uni hech kim ariza berishga majburlamaganligini va o‘z ixtiyori bilan shunday yo‘l tutganini ma’lum qildi. Jabrlanuvchi tasvirga olishda aynan nimadan qo‘rqqani, tovlamachilik sodir bo‘lishga undovchi aynan qaysi kamchilik yashirilgani bo‘yicha savolga aniq javob bermadi.
Surxondaryo viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi bloger Otabek Sattoriyga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlarini yakunladi. Blogerga avvalgi ayblovga tovlamachilik, tuhmat va haqorat qilish bo‘yicha moddalar bilan ham
Bosh prokuratura bayonotiga ko‘ra, surxondaryolik bloger Otabek Sattoriyning ishi bo‘yicha qonun buzilishi holatlari aniqlanmadi. Bundan tashqari, bloger ustidan 7 ta holat bo‘yicha murojaatlar kelib tushgani aytilmoqda.
IIV surxondaryolik bloger Otabek Sattoriyning jinoiy ishi bo‘yicha tergovga aralashganlik uchun javobgarlik to‘g‘risida «ijtimoiy tarmoq faollarini» ogohlantirdi. «Qonun ustuvorligi haqida bong urayotgan ijtimoiy tarmoq faollaridan yurtimiz qonunchiligini hurmat qilishlarini talab qilamiz», dedi IIV matbuot kotibi Shoxrux G‘iyosov.
Surxondaryo rahbariyatini tanqid qiluvchi bloger Otabek Sattoriy tovlamachilik yo‘li bilan telefonni qo‘lga kiritganlikda gumonlanib hibsga olindi. Huquqni muhofaza qilish organlari jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Blogerning advokati ish uydirilgan deb hisoblamoqda. Vaziyatga deputat Rasul Kusherbayev va Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi e’tibor qaratdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting