5-fevral kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyati Qarshi tuman sudida bloger Otabek Sattoriyning sudga kiritgan iltimosnomasi ko‘rib chiqildi va qanoatlantirildi, deya xabar bermoqda viloyat sudlari matbuot xizmati.

Bloger 2021-yilning 10-may kuni Jinoyat kodeksining 139-moddasi (Tuhmat) 3-qismi “a”, “g” bandlari va 165-moddasi (Tovlamachilik) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 6 yilu 6 oyga ozodlikdan mahrum qilingandi.

Sudning ajrimi bilan Sattoriyning 5-fevralga qadar o‘talmay qolgan 2 yil 11 oy 25 kun ozodlikdan mahrum qilish jazosi Jinoyat kodeksining 74-moddasi (Jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish) 3-qismi “v” bandiga asosan axloq tuzatish ishi jazosiga almashtirildi. Shuningdek, ish haqining 20 foizini davlat daromadi foydasiga undirilishi belgilandi.

Ma’lumot uchun, u 2023-yilning dekabr oyida umumiy tartibli koloniyadan manzil koloniyaga o‘tkazilgandi. Avvalroq u bilan uchrashgan “Ezgulik” jamiyati a’zosi Abdurahmon Tashanov bloger “aprel oxiri, mayning boshlarida” ozodlikka chiqishi мuмкинлиgинимaълuм qilgandi. Sattoriy ozodlikka chiqqach, “tinchgina axborot texnologiyalari sohasida ishlamoqchi” ekanini aytgan.