«narkotik moddalar» tegli maqolalar


BMT Bosh assambleyasi narkotiklar muammosini hal qilish rezolyutsiyasini ma’qulladi, uning tashabbuskori — O‘zbekiston
5 iyun 2024, 21:03

BMT Bosh assambleyasi narkotiklar muammosini hal qilish rezolyutsiyasini ma’qulladi, uning tashabbuskori — O‘zbekiston

BMT Bosh assambleyasi O‘zbekiston tashabbusi bilan qabul qilingan “Markaziy Osiyo davlatlarining giyohvandlik bilan bog‘liq muammolarni samarali hal etish va bartaraf etishda yagona front bo‘lib hamkorlik qilishga tayyorligi” rezolyutsiyasini ma’qulladi.

Kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan jami 6 kg narkotik moddalar to‘xtatib qolindi — DXX
21 fevral 2024, 10:58

Kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan jami 6 kg narkotik moddalar to‘xtatib qolindi — DXX

Navoiy, Samarqand, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida qo‘shni davlatlardan olib kirilgan narkotik moddalari savdosi bilan shug‘ullanishda gumonlangan shaxslar qo‘lga olindi.

Toshkent viloyatida furgondan qariyb 20 kg geroin aniqlandi
6 oktabr 2023, 21:44

Toshkent viloyatida furgondan qariyb 20 kg geroin aniqlandi

O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasidagi “Yallama” nazorat-o‘tkazish punktida Tojikiston davlat raqamiga ega furgondan qariyb 20 kg geroin aniqlandi.

DXX qariyb 14 kg giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi
28 iyun 2023, 20:07

DXX qariyb 14 kg giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi

DXX va boshqa huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan yaqinda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida noqonuniy muomaladan qariyb 14 kg giyohvandlik vositalari musodara qilindi, ularning aksariyati Qirg‘iziston va Tojikistondan O‘zbekistonga olib kirilgan.

DXX O‘zbekistonga qo‘shni davlatlardan 56 kg narkotik moddalar olib kirilishining oldini oldi
1 mart 2023, 12:58

DXX O‘zbekistonga qo‘shni davlatlardan 56 kg narkotik moddalar olib kirilishining oldini oldi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Tojikiston va Qirg‘izistondan umumiy og‘irligi 56 kg bo‘lgan gashish va opiy olib kirilishi bilan bog‘liq holatlarning oldini oldi.

O‘zbek-tojik chegarasi yaqinida 26 kg narkotik modda qoldirib ketildi
4 yanvar 2023, 12:25

O‘zbek-tojik chegarasi yaqinida 26 kg narkotik modda qoldirib ketildi

Bulung‘ur tumani hududidan o‘tuvchi o‘zbek-tojik davlat chegarasi yaqinida noma’lum shaxslar tomonidan 26 kg narkotik modda qoldirib ketildi. Giyohvandlik vositalari protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

DXX Toshkent viloyatidagi yashirin narkolaboratoriya faoliyatiga chek qo‘ydi
10 dekabr 2022, 12:46

DXX Toshkent viloyatidagi yashirin narkolaboratoriya faoliyatiga chek qo‘ydi

Yuqori Chirchiq tumanida 2 fuqaro tomonidan tashkil etilgan yashirin narkolaboratoriya aniqlandi. Tekshiruvlar natijasida jami 1,21 kg «Mefedron» sintetik giyohvandlik vositasi, 18 gramm «opiy» va 41 gramm «gashish» moddasi aylanmasining oldi olindi.

To‘rtta holatda jami 874 gr «opiy» va 4,3 kg «gashish» moddasining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi
5 noyabr 2022, 17:18

To‘rtta holatda jami 874 gr «opiy» va 4,3 kg «gashish» moddasining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

DXX tomonidan Toshkent shahri, Sirdaryo, Farg‘ona va Namanganda o‘tkazilgan tezkor reyd tadbirlarida jami 900 grammga yaqin «opiy» va 4 kgdan ortiq «gashish»ni sotishda gumon qilinayotgan shaxslar ushlandi. Ularning aksariyati muqaddam sudlangan.

O‘zbekistonga konfet va shokolad ko‘rinishidagi narkotikni olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
21 may 2022, 10:22

O‘zbekistonga konfet va shokolad ko‘rinishidagi narkotikni olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Nyu-Yorkdan Toshkentga uchib kelgan yo‘lovchi o‘zi bilan tarkibida kannabis moyi bo‘lgan 18 ta qadoqda saqich, 2 quti konfet va 10 dona shokoladni olib kirishga urindi. Uning yonidan yana 1,2 gr «marixuana» ham topildi. Gumondor moddalardan davolanishda foydalanishini va bu taqiqlanganini bilmasligini aytdi. Bojxona qo‘mitasi «bilmasligi uni javobgarlikdan ozod etmasligini» qayd etdi.

Buxoroda afg‘on narkokureri ushlandi
17 aprel 2022, 11:26

Buxoroda afg‘on narkokureri ushlandi

DXX qariyb 1 kg «opiy» moddasini Buxoroga olib kelib, 2,5 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan afg‘onistonlik narkokurerni ushladi. Andijonda esa qirg‘izistonlik narkokurerlar tomonidan olib kelingan 5,3 kg «gashish» musodara qilindi.

1992−1994 yillarda Afg‘onistondan kirib kelgan 15,5 tonna narkotik moddalar tasvirlari e’lon qilindi
26 yanvar 2022, 13:09

1992−1994 yillarda Afg‘onistondan kirib kelgan 15,5 tonna narkotik moddalar tasvirlari e’lon qilindi

1992−1994 yillarda Davlat bojxona qo‘mitasining Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan Afg‘onistondan O‘zbekistonga olib o‘tilayotgan 15 tonna 447 kgdan ko‘proq giyohvandlik moddalari, shu jumladan, 1167 kg «gashish» to‘xtatib qolingani aks etgan tarixiy lavhalar e’lon qilindi. Yuklar ortilgan konteynerlar daryo orqali kemalarda olib kelingan.

Toshkentda BMTning Markaziy Osiyoda giyohvand moddalarga qarshi kurash bo‘yicha yangi dasturi imzolandi
26 noyabr 2021, 09:57

Toshkentda BMTning Markaziy Osiyoda giyohvand moddalarga qarshi kurash bo‘yicha yangi dasturi imzolandi

Toshkentda BMTning Narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha boshqarmasi va Markaziy Osiyoning beshta davlati o‘rtasida 2022−2025 yillarga mo‘ljallangan yangi hamkorlik dasturi imzolandi. Dasturning budjeti 90 mln dollarni tashkil etadi.

Afg‘onistonda afyun ishlab chiqarish 8 foizga oshgan — BMT
17 noyabr 2021, 16:45

Afg‘onistonda afyun ishlab chiqarish 8 foizga oshgan — BMT

Afg‘onistonda 2021 yilda afyun yetishtirish hajmi 8 foizga o‘sib, 6,8 ming tonnaga yetdi. Bu esa 320 tonna sof geroin dunyo bo‘ylab bozorlarga kirishini anglatadi, deyiladi BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi hisobotida.

Devorlarda giyohvand moddalarni reklama qilgan shaxslar ushlandi
29 avgust 2021, 12:56

Devorlarda giyohvand moddalarni reklama qilgan shaxslar ushlandi

Toshkentda Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlarida uylarning devorlariga giyohvand moddalarni reklama qilgan yozuvlarni yozgan uch fuqaro qo‘lga olindi. Tekshiruvlarda jami 62 ta yozuv aniqlandi.

Toshkentda 1,3 tonnadan ortiq giyohvand moddalar yo‘q qilindi (foto)
24 avgust 2021, 12:24

Toshkentda 1,3 tonnadan ortiq giyohvand moddalar yo‘q qilindi (foto)

Toshkentda 1,3 tonnadan ortiq yoki o‘tgan yilga nisbatan qariyb uchdan bir qismga ko‘proq narkotiklar partiyasi yo‘q qilindi. Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq 6032 ta, ya’ni avvalgi yilga nisbatan 20 foiz ko‘proq jinoyat fosh etilgani ma’lum qilindi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting