1992−1994 yillarda Davlat bojxona qo‘mitasining Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan 15 tonna 447 kgdan ortiq giyohvandlik vositalari to‘xtatib qolingani aks etgan video tasvirlar e’lon qilindi. Ushbu videoni Davlat bojxona qo‘mitasi «Gazeta.uz»ga taqdim etdi.

Ta’kidlanishicha, lavhalar o‘sha yillarda Davlat bojxona qo‘mitasining Surxandaryo viloyati boshqarmasiga rahbarlik qilgan Xoldor Topilovich Sherovning shaxsiy arxividan olingan. Yuk ortilgan konteynerlar Afg‘oniston hududidan daryo porti orqali kemalarda O‘zbekistonga kirib kelgan.

1992 yil 8 oktabrda mayiz ortilgan konteyner ichida 13 tonnadan ortiq «gashish» yashirilgani aniqlangan. Ushbu giyohvandlik vositalarining qora bozordagi narxi o‘sha vaqtlarda 1,3 mlrd AQSh dollarini tashkil qilardi.

«5 oktabr kuni bizni xodimlarimiz tekshirib ko‘rganida mayiz deb yozilgan konteynerda 2560 dona qutida hammasi bo‘lib, 32 tonna yuk borligi aniqlandi. Qutilar bir xil bo‘lishiga qaramasdan, 1305 dona qutida narkotik moddalar bor ekan. Qolganida 1255 qutida [mayiz] bor ekan», — deydi videoda Xoldor Sherov.

1993 yil 16 fevralida esa yong‘oq ortilgan 2 ta temir yo‘l konteynerda 1167 kg «gashish» yashirilganligi fosh qilingan. Video tasvirlardan giyohvandlik moddalar konteynerning pastki qismiga, bir qator qilib terilganini ko‘rish mumkin.

Video