«markaziy osiyo» tegli maqolalar


«Bugun Afg‘oniston muhim burilish davrini boshdan kechirmoqda» — Shavkat Mirziyoyev
16 iyul 2021, 18:25

«Bugun Afg‘oniston muhim burilish davrini boshdan kechirmoqda» — Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston prezidenti Toshkentda o‘tgan xalqaro konferensiya davomida Afg‘oniston o‘zining eng yangi tarixidagi muhim burilish davrini boshdan kechirayotganini aytdi. U shuningdek, afg‘on xalqi umummilliy murosaga erishish yo‘lida o‘zaro kelishuvlarga tayyor ekanini namoyish etishiga ishonch bildirdi.

O‘zbekiston vaksinatsiya sertifikatlarini o‘zaro tan olish taklifini ilgari surdi
16 iyul 2021, 13:37

O‘zbekiston vaksinatsiya sertifikatlarini o‘zaro tan olish taklifini ilgari surdi

Shavkat Mirziyoyev Toshkentda o‘tayotgan xalqaro anjumanda Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari hamkorligini rivojlantirishga, jumladan, iqtisodiy aloqalarni kengaytirish bo‘yicha yillik forum o‘tkazish, xavfsiz transport-logistika infratuzilmasini yaratish, giyohvandlikka qarshi qo‘shma harakatlar rejasini ishlab chiqishga oid takliflarni bildirdi. Qolaversa, vaksinatsiya bo‘yicha o‘zaro tan olingan sertifikatlar asosida «Yangi sharoitdagi turizm» konsepsiyasini joriy etish zarurligi aytildi.

AQSh Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish va terrorchilarga qarshi agressiv harakatlar borasida muzokaralarni davom ettiradi
15 iyul 2021, 13:01

AQSh Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish va terrorchilarga qarshi agressiv harakatlar borasida muzokaralarni davom ettiradi

AQSh Afg‘onistondagi tinchlik bo‘yicha muzokaralarni qo‘llab-quvvatlashda va Afg‘oniston mudofaa kuchlariga yordam berishda davom etadi, deya ma’lum qildi AQSh prezidentining maslahatchisi Elizabet Shervud-Rendall Toshkentdagi yig‘ilishda. «Biz Qo‘shma Shtatlarga va ittifoqchilarimiz hamda sheriklarimiz xavfsizligiga tahdid soluvchi terrorchilarga qarshi agressiv harakatlarimizni davom ettiramiz», — dedi u.

«AQShning Markaziy Osiyo mamlakatlari mustaqilligini qo‘llab-quvvatlashdagi pozitsiyasini qadrlaymiz» — Abdulaziz Kamilov
15 iyul 2021, 11:57

«AQShning Markaziy Osiyo mamlakatlari mustaqilligini qo‘llab-quvvatlashdagi pozitsiyasini qadrlaymiz» — Abdulaziz Kamilov

«Markaziy Osiyo Mamlakatlari — AQSh» formati mintaqada hamkorlikni rivojlantirishning noyob modeli hisoblanadi. U iqtisodiyot, energetika va savdo sohasidagi aloqalarni yaxshilashga, xavfsizlikka tahdidlarga birgalikda javob berishga yordam berdi, deya ta’kidladi O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov.

Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish — taraqqiyot omili
13 iyul 2021, 22:27

Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish — taraqqiyot omili

O‘zbekistonning qo‘shni davlatlar bilan yaxshi qo‘shnilik va o‘zaro manfaatli munosabatlarni mustahkamlash iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni, shuningdek, mintaqa mamlakatlari o‘rtasida transport logistikasi sohasidagi aloqalarni kengaytirish uchun ishonchli zamin yaratdi, deb yozadi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov.

O‘zbekiston yashirin iqtisodiyotning YAIMdagi ulushi bo‘yicha Markaziy Osiyoda birinchi o‘rinda
30 iyun 2021, 11:56 1

O‘zbekiston yashirin iqtisodiyotning YAIMdagi ulushi bo‘yicha Markaziy Osiyoda birinchi o‘rinda

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 2019 yil O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotning YAIMdagi ulushi 52,11 foizni tashkil etgan. Marakaziy Osiyoning boshqa davlatlarida esa bu ko‘rsatkich nisbatan pastroq. Tojikiston YAIMda yashirin iqtisodiyot 40,7 foizni, Qozog‘istonda 36,6 foizni va Qirg‘izistonda esa 30,5 foizga to‘g‘ri kelgan.

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari sammitining yuzma-yuz ko‘rinishda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda
31 may 2021, 13:33

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari sammitining yuzma-yuz ko‘rinishda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining 2021 yilga qoldirilgan uchinchi maslahat uchrashuvi vaqti hozircha ma’lum emas, biroq O‘zbekiston uning yuzma-yuz ko‘rinishda bo‘lib o‘tishini kutmoqda. «Onlayn format ko‘zda tutilayotgani yo‘q», — dedi prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.

Markaziy Osiyo Ittifoqini tuzish haqida gapirishga hali erta — Sodiq Safoyev
4 mart 2021, 15:48

Markaziy Osiyo Ittifoqini tuzish haqida gapirishga hali erta — Sodiq Safoyev

«Markaziy Osiyo davlatlarida integratsiyaning asosiy tarkibiy qismi bo‘lmish umumiy tamoyillar, qadriyatlar va uyg‘un mexanizmlar mavjud emas», — deya hisoblaydi Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev. U delimitatsiya va demarkatsiya jarayonlari tugamasdan, O‘zbekistonda mustaqil davlat shakllanishining yakunlanishi haqida gapirishga erta ekanligini ham ta’kidladi.

Markaziy Osiyo davlatlari yetakchi ayollarining ilk uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
24 dekabr 2020, 12:50

Markaziy Osiyo davlatlari yetakchi ayollarining ilk uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Markaziy Osiyo davlatlari yetakchi ayollarining ilk muloqoti tashkil etildi. 2021 yilda muloqotga raislik qilish topshirilgan Tanzila Narbayeva uchrashuvni «mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish uchun mutlaqo yangi maslahat maydonchasi» bo‘lib shakllanayotganini ta’kidladi.

AQSH va Markaziy Osiyo davlatlari oktyabrda savdo aloqalarini muhokama qiladi
3 sentabr 2020, 12:52

AQSH va Markaziy Osiyo davlatlari oktyabrda savdo aloqalarini muhokama qiladi

Markaziy Osiyo davlatlari va AQSH oktyabrda savdo-sotiq va sarmoyalar doirasidagi kelishuv yuzasidan onlayn uchrashuv o‘tkazadi.

Markaziy Osiyo davlatlari XXI asrda hamkorlik haqida hujjat tayyorlashmoqda — TIV rahbari
27 avgust 2020, 12:48

Markaziy Osiyo davlatlari XXI asrda hamkorlik haqida hujjat tayyorlashmoqda — TIV rahbari

Markaziy Osiyoning beshta mamlakati birgalikda XXI asrda mintaqani rivojlantirish uchun do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlik to‘g‘risida davlatlararo hujjatni tayyorlamoqda, dedi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov.

«Markaziy Osiyodagi kelishmovchilikning asosiy sababi murosaning yo‘qligi edi»
14 iyul 2020, 20:39

«Markaziy Osiyodagi kelishmovchilikning asosiy sababi murosaning yo‘qligi edi»

Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Ilhom Ne’matov «Gazeta.uz» ga bergan intervyusida Markaziy Osiyoda muloqot maydonini yaratish bo‘yicha muvaffaqiyatsiz urinishlarning sabablari, suvdan foydalanish muammolarini yechish, So‘x voqealarining Qirg‘iziston bilan munosabatlarga ta’siri va pandemiya davrida mintaqa davlatlarining bir-birini qo‘llab-quvvatlagani haqida.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting