Markaziy Osiyo mamlakatlari XXI asrda mintaqani rivojlantirish maqsadida do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlik to‘g‘risida besh tomonlama davlatlararo hujjatni tayyorlamoqda, dedi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov «Yangi O‘zbekiston» gazetasiga bergan intervyusida.

Vazir mintaqada hamkorlikning yangi formati — Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining konsultativ uchrashuvlari yaratilganligini eslatib o‘tdi. Xususan, 2019 yil noyabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan ikkinchi sammitda mintaqada yaqinlashish tendensiyasining «tarixiy sharoitda aniqlangan haqiqat» ko‘rsatilgan qo‘shma bayonot qabul qilindi.

Avvalroq, Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Ilxom Ne’matov «Gazeta.uz» ga bergan intervyusida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining avgust oyida Bishkekda rejalashtirilgan uchinchi konsultativ uchrashuvi koronavirus pandemiyasi sababli kuzga qoldirilishi mumkin, ammo uni o‘tkazish ehtimoli epidemiologik sharoitga bog‘liqligini aytgan edi.