2019 yilda O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotning YAIMdagi ulushi 52,11 foizni tashkil etdi. Markaziy Osiyo davlatlarida ushbu ko‘rsatkich pastroq — Tojikistonda 40,76 foiz, Qozog‘istonda 36,65 foiz va Qirg‘izistonda 30,53 foizga yetgan. Bu haqda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Yashirin iqtisodiyotning ulushi jahon mamlakatlari, jumladan, AQShda 8,0%, Braziliyada 36,5%, Ispaniyada 21,7%, Italiyada 19,5%, Portugaliyada 18,5%, Koreyada 18,4%, Xitoyda 14,5%, Kanadada 11,0%, Germaniyada 10,2%, Buyuk Britaniyada 9,6%, Avstraliyada 9,0%, Singapurda 8,6% va Yaponiyada 8,1%ni tashkil qildi.

Ma’lumotlar MIMIC modeli asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, Jahon banki ekspertlarining ma’lumotlari bo‘yicha dastlabki o‘rganish natijasi hisoblanadi.

Vazirlik e’lon qilgan infografikada O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyot ulushi 2003 yilda — 35 foiz, 2007 yilda — 50 foiz, 2011−2017 yillarda — 45−50 foiz atrofida bo‘lganini ko‘rish mumkin. Grafikadagi nomutanosibliklarga aniqlik kiritish maqsadida «Gazeta.uz» muxbiri vazirlik axborot xizmati bilan bir necha bor bog‘landi, biroq ular tomonidan aniqlashtiruvchi axborotlar taqdim etilmadi. Ushbu ma’lumotlar bilan bevosita ishlagan vazirlik mutaxassislari esa vazir ruxsatisiz qo‘shimcha ma’lumot berilmasligini qo‘shimcha qilishdi.


Foto: Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi.

2018 yilniнг 12 yanvarida O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyot hajmi YAIMning 50 foizидан ko‘proqni tashkil etishi ma’lum qilingan edi.

Biroq, Buyuk Kelajak xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti ma’lumotlari 2019 yilда yashirin iqtisodiyot ulushi 50 foizга yetganini ko‘rsatgan edi. Yillik yo‘qotish esa $16−17 mlrdga teng bo‘lgan. Shu yili bunday ko‘rsatkich bilan O‘zbekiston 159 mamlakat orasidan 152 o‘rinni egallagan.

2020 yilniнг 9 sentyabrida Davlat soliq qo‘mitasi O‘zbekistonda 245 trln so‘m mablag‘ soya ostida ekanligi, yashirin iqtisodiyotning YAIMdagi ulushi esa tahminan 48 foizга to‘g‘ri kelishini xabar qilgandi.

Vazirlik xabarida shuningdek, Jahon banki ekspertlari bilan hamkorlikda «2021−2025 yillarda yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish bo‘yicha Strategiya» va «Yashirin iqtisodiyot ulushini baholash metodikasi» (MIMIC modeli asosida) kabi loyihalar ishlab chiqilayotgani qayd etilgan.

«Shuningdek, vazirlik va idoralar tomonidan yashirin iqtisodiyot ulushi yuqori bo‘lgan sohalar tahlili, amaldagi imtiyozlar va preferensiyalarni bekor qilish, „Risk analysis“ dasturining amaliyotga joriy etilishi, kuzatuvlar asosida baholashning dastlabki natijalari, yashirin iqtisodiyotni sanoat bo‘yicha baholash, „pulni yuvish“ va noqonuniy pul oqimlariga qarshi kurash choralari, „Cheklar“ bo‘yicha sovrinli o‘yinlar va monetar metodda yashirin iqtisodiyotni baholash ishlari amalga oshirilmoqda», — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, prezident raisligida 2020 yil 27 iyul kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda yashirin iqtisodiyotga yo‘l qo‘ymaydigan tizim joriy etilishi aytilgandi. «Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish tadbirkorlarni jazolash, ularning faoliyatiga to‘sqinlik qilish degani emas», — degan edi Shavkat Mirziyoyev.