Surxondaryodagi “Boldir” bojxona postida Turkmanistondan kelayotgan poyezd vagonlaridan birini ko‘zdan kechirish chog‘ida 12,7 mlrd so‘mlik 851 ming quti aksiz markasiz sigaretlar aniqlandi.
Davlat xavfsizligi xizmati Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida giyohvandlik vositalarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni aniqladi. Musodara qilingan moddalarning aksar qismi Tojikistondan keltirilgan.
Yangihayot tumanida Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan noqonuniy muomaladan musodara qilingan 2 tonnadan ziyod narkotik vositalar yoqib yuborildi. So‘nggi 1,5 yilda 952 kg giyohvandlik, 440 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi va 7 ming donadan ortiq psixotrop moddalar aniqlangan.
Urgut tumani hududidan o‘tuvchi o‘zbek-tojik davlat chegarasidan 1997 yilda tug‘ilgan mahalliy fuqaro Tojikistondan 19 kg 799 gr opiy moddasini kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tayotganida ushlandi. Unga nisbatan jinoyat ishi ochildi.
Yangihayot tumanidagi zavodlarning birida 297,4 mln so‘mlik 34,2 ming quti kontrabanda tamaki mahsulotlari yoqib yuborildi. Bojxona qo‘mitasi noqonuniy olib kirish holatlari ko‘proq vodiy viloyatlarida uchrashini ma’lum qildi. Yil boshidan beri 19,2 mlrd so‘mlik tamaki mahsulotlari olib qo‘yildi.
Qozog‘istonda boshqa yuk niqobi ostida mamlakatdan O‘zbekistonga 280 tonna AI-95 benzinini olib chiqishga urinishning oldi olindi. Xorij kompaniyasi foydasiga respublikadan jami 45 mln dollarlik 50 ming tonna mahsulot eksport qilish rejalashtirilgan bo‘lgan.
Novorossiysk bojxonachilari O‘zbekistondan kelgan konteynerdan Rossiyada giyohvandlik moddasi hisoblangan bir tonnadan ortiq isiriqni aniqladi. Bu haqda bilmagan yuboruvchi umrbod qamoq jazosi va million rublgacha jarimaga tortilishi mumkin.
O‘zbekistonga yil boshidan beri 364 kg giyohvandlik vositasi hamda 181 mlrd so‘mlik tovarlar noqonuniy kirib kelishining oldi olingan. Shavkat Mirziyoyev kontrabandaga qarshi kurashish maqsadida 80 foiz tovar kirib keladigan 22 ta bojxona postini 3D-skaner, rentgen apparati, videokuzatuv kamerasi, transport tarozisi kabi uskunalar bilan jihozlashga ko‘rsatma berdi. Buning uchun esa 370 mlrd so‘m yo‘naltiriladi.
DBQ va DXX xodimlari Xorazmda 530 ming dollarga simob va quyma platina sotishga uringan shaxslarni qo‘lga oldi. Metallarning haqiqiy narxi — 103 ming dollar.
1 mln dollardan ortiq mablag‘larni yuk poyezdi orqali noqonuniy yo‘l bilan Qozog‘istonga olib chiqib ketishga uringan uch nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi.
Britaniya muzeyi Samarqanddagi Shohi-Zinda majmuasiga tegishli o‘g‘irlangan oltita koshin partiyasini O‘zbekistonga qaytaradi. Ular yanvar oyida Londonning Xitrou aeroportida qo‘lga tushirilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting