«itsv» tegli maqolalar


Fransiya kompaniyalari uchun alohida sanoat zonasi ajratiladi — ITSV rahbari
20 noyabr 2022, 16:23

Fransiya kompaniyalari uchun alohida sanoat zonasi ajratiladi — ITSV rahbari

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev Parijda bo‘lib o‘tgan biznes-forumda faqat fransuz kompaniyalari uchun alohida sanoat zonasini ajratish, ularga imtiyozlar berish va mahsulotlarni xarid qilishni kafolatlashga tayyorligini ma’lum qildi. U hamkorlikning beshta yo‘nalishini sanab o‘tdi, jumladan, avtomobilsozlik.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston birgalikda yengil avtomobillar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda
15 oktabr 2022, 20:01

O‘zbekiston va Qirg‘iziston birgalikda yengil avtomobillar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston va Qirg‘iziston qishloq xo‘jaligi texnikasi va yengil avtomobillarni birgalikda ishlab chiqarish bo‘yicha shartnomani tayyorlaydi. Tomonlar dori vositalari va tibbiyot buyumlari muomalasi sohasida ham hamkorlik qilishga kelishib oldi.

O‘zbekiston Hindistondan banan, mango, soya va guruch import qilinishiga ruxsat berdi
29 iyul 2022, 16:52

O‘zbekiston Hindistondan banan, mango, soya va guruch import qilinishiga ruxsat berdi

Hindiston O‘zbekistonga banan, mango, soya va guruch eksport qilishga ruxsat oldi, o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar esa Hindiston bozoriga uzum, olxo‘ri va gilos yetkazib bera oladi. Tomonlar boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun cheklovlarni olib tashlashni muhokama qilmoqda.

Jamshid Xodjayev bosh vazir o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimiga ma’qullandi
16 iyul 2022, 14:37

Jamshid Xodjayev bosh vazir o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimiga ma’qullandi

Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimiga Jamshid Xodjayev nomzodi ma’qullandi. Bungacha u qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimida ishlab kelayotgandi.

O‘zbekiston va YeI o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha bitimni parafirlash marosimi o‘tkazildi
7 iyul 2022, 10:26

O‘zbekiston va YeI o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha bitimni parafirlash marosimi o‘tkazildi

O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi yangi bitimni dastlabki imzolash marosimi o‘tkazildi. Ushbu hujjat 1996 yilda qabul qilingan bitimning o‘rnini egallashi va tomonlarning hamkorligini yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.

21−22-iyun kunlari O‘zbekistonning JSTga kirishi bo‘yicha ishchi guruhning 5-yig‘ilishi o‘tkaziladi
7 iyun 2022, 12:01

21−22-iyun kunlari O‘zbekistonning JSTga kirishi bo‘yicha ishchi guruhning 5-yig‘ilishi o‘tkaziladi

O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha ishchi guruhi 21−22-iyun kunlari Jenevada beshinchi bor yig‘ilish o‘tkazadi. Avvalroq bosh vazir o‘rinbosari — ITSV rahbari Sardor Umurzakov O‘zbekiston tashkilotga tezroq kirishga ustuvor ahamiyat qaratishini ta’kidlagan edi.

ITSVga tashqi savdo operatsiyalarini tartibga solish vakolati berildi
6 aprel 2022, 13:54

ITSVga tashqi savdo operatsiyalarini tartibga solish vakolati berildi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga 2023-yilga qadar O‘zbekiston tashqi savdo operatsiyalarini tartibga solishning vaqtinchalik mexanizmlarini joriy qilish vakolati berildi. Qolaversa, “O‘ztreyd” va “O‘zsanoateksport"dagi davlat ulushi Eksportni rag‘batlantirish agentligiga berildi. Bundan tashqari, yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash uchun 500 ming dollargacha kreditlar ajratiladi.

O‘zbekiston Afg‘oniston muvaqqat hukumatini xalqaro miqyosda tan olish mexanizmlarini ishlab chiqishni taklif qildi
1 aprel 2022, 17:06

O‘zbekiston Afg‘oniston muvaqqat hukumatini xalqaro miqyosda tan olish mexanizmlarini ishlab chiqishni taklif qildi

O‘zbekiston bosh vazir o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov Xitoyda bo‘lib o‘tgan Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar vazirlar konferensiyasida Afg‘oniston muvaqqat hukumatini xalqaro tan olish mexanizmlari va mezonlarini ishlab chiqishni taklif qildi.

O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha ishchi guruhining beshinchi yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda
25 fevral 2022, 16:20

O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha ishchi guruhining beshinchi yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

ITSV rahbarining birinchi o‘rinbosari Laziz Kudratov va Yevropa parlamentining tashqi ishlar bo‘yicha qo‘mitasi raisi Devid Makallister O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi hamda «GSP+» Preferensiyalar bosh tizimidan foydalanish doirasida hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.

Bosh vazir o‘rinbosari Sardor Umurzakov koronavirusga qarshi emlandi
11 avgust 2021, 11:15

Bosh vazir o‘rinbosari Sardor Umurzakov koronavirusga qarshi emlandi

Bosh vazir o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov COVID-19 ga qarshi Moderna vaksinasi bilan emlandi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vaziriga o‘rinbosar tayinlandi
29 aprel 2021, 16:31

Investitsiyalar va tashqi savdo vaziriga o‘rinbosar tayinlandi

Davlat bojxona qo‘mitasining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Otabek Choriyev investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

ITSV tuzilmasida Rossiya bilan hamkorlik boshqarmasi tashkil etildi
23 mart 2021, 12:02

ITSV tuzilmasida Rossiya bilan hamkorlik boshqarmasi tashkil etildi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tuzilmasida Rossiya Federatsiyasi bilan hamkorlikni rivojlantirish boshqarmasi tashkil etildi. Moskvada ITSV vakolatxonasi ochiladi.

Farg‘ona viloyatidan Rossiyaga pomidor va qalampir olib kirishga taqiqni bekor qilish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda
27 noyabr 2020, 11:34

Farg‘ona viloyatidan Rossiyaga pomidor va qalampir olib kirishga taqiqni bekor qilish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda

Farg‘ona viloyatidan Rossiyaga pomidor va qalampir olib kirishga taqiqni bekor qilish choralari ko‘rilayotgani ma’lum qilindi. Qayd etilishicha, ushbu mahsulotlarda aniqlangan ToBRFV o‘simliklar virusining yangi shtammi O‘zbekiston hududida ilgari aniqlanmagan.

ITSV xodimlarining mehmonxonada yashaganiga izoh berdi
15 oktabr 2020, 09:14

ITSV xodimlarining mehmonxonada yashaganiga izoh berdi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi o‘z xodimlarining poytaxtdagi «Interkontinental» mehmonxonasida yashashi uchun 2 mlrd so‘m to‘ladi. Vazirning birinchi o‘rinbosari to‘lov byudjet mablag‘lari hisobidan amalga oshirilmaganini ma’lum qildi.

O‘zbekiston va Afg‘oniston 10 yilga elektr energiyasi yetkazib berish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi
29 avgust 2020, 13:44

O‘zbekiston va Afg‘oniston 10 yilga elektr energiyasi yetkazib berish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi

Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Hanif Atmar O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri hamda investitsiyalar va tashqi savdo vaziri bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Unda Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish, ikki davlat o‘rtasidagi savdo, transport va energetika masalalari muhokama qilindi. O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida 10 yillik elektr energiyasini yetkazib berish to‘g‘risidagi bitim imzolandi.

O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi savdo aylanmasi 2,7 mlrd dollarni tashkil etdi
7 iyul 2020, 17:21

O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi savdo aylanmasi 2,7 mlrd dollarni tashkil etdi

2019 yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi savdo aylanmasi o‘tgan 5 yil davomida eng yuqori natija — 2,7 mlrd dollarni tashkil etdi. 6−7 iyul kunlari O‘zbekiston delegatsiyasining Seulga amaliy tashrifi davomida yangi kelishuvlarga erishildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting