Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Laziz Kudratov Yevropa Parlamentining tashqi ishlar bo‘yicha qo‘mitasi raisi Devid Makallister bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda ITSV matbuot xizmati.

Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnikaviy hamkorlik hamda madaniy-gumanitar sohadagi munosabatlarning bugungi holati muhokama qilingan.

Xususan, kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolashni jadallashtirish, O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilishi va Yevropa ittifoqining «GSP+» Preferensiyalar bosh tizimidan foydalanish doirasida hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqilgan.

Shu bilan birga, O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha ishchi guruhining beshinchi yig‘ilishini tashkil etish masalalari ham muhokama qilingan.