Otabek Choriyev investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, deya xabar berdi O‘zA.

U bunga qadar Davlat bojxona qo‘mitasining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

Aprel oyi boshida investitsiya va tashqi savdo vaziriga yana bir o‘rinbosar tayinlangandi. Mart oyida esa Xurram Teshaboyev ITSV rahbarining O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun ishlari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lgan edi.