«iqtisodiyot va moliya vazirligi» tegli maqolalar


Fuqarolar uchun 2022-yilgi budjet ijrosi e’lon qilindi. Asosiy ma’lumotlar
14 avgust 2023, 18:19

Fuqarolar uchun 2022-yilgi budjet ijrosi e’lon qilindi. Asosiy ma’lumotlar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi fuqarolar uchun 2022-yilgi budjet ijrosi yuzasidan ma’lumotlarni e’lon qildi. Foyda solig‘i o‘tgan yilgidan kamaydi, bilvosita soliq tushumlari prognozga nisbatan past bo‘ldi. “UzGasTrade”ga gaz narxi o‘rtasidagi tafovutni qoplash uchun 6,6 trln so‘m ajratildi.

Iqtisodiyot va moliya vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
7 avgust 2023, 15:58

Iqtisodiyot va moliya vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Prezident farmoni bilan Ilhom Norqulov iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari, Ahadbek Haydarov, Abdulaziz Haydarov, Otabek Fozilkarimov, Bobur Xodjayev va Jasur Qarshiboyevlar esa vazir o‘rinbosarlari etib tayinlandi.

Jamshid Qo‘chqorov Iqtisodiyot va moliya vazirligini boshqaradi
3 avgust 2023, 12:32

Jamshid Qo‘chqorov Iqtisodiyot va moliya vazirligini boshqaradi

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov iqtisodiyot va moliya vaziri etib tasdiqlandi.

YI O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasi uchun 27 mln yevro grant ajratadi
4 iyun 2023, 10:22

YI O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasi uchun 27 mln yevro grant ajratadi

Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligidagi islohotlarga yordam berish maqsadida 27 mln yevro grant ajratadi. Mablag‘lar sohada ilm-fan, ta’lim, axborot xizmatlarini rivojlantirish, iqlim o‘zgarishiga moslashish va oqibatlarini yumshatish kabi tadbirlarini amalga oshirishga yo‘naltiriladi.

2023 yilda budjetga xususiylashtirishdan 10 trln so‘m tushishi mumkin — Iqtisodiyot va moliya vazirligi
11 mart 2023, 16:49

2023 yilda budjetga xususiylashtirishdan 10 trln so‘m tushishi mumkin — Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2023 yilda davlat aktivlarini xususiylashtirish O‘zbekiston davlat budjetiga 10 trln so‘m daromad keltiradi, deb taxmin qilmoqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi. Bu oldingi yilgi prognozga nisbatan 66,6 foizga ko‘p. Daromadlar davlat budjeti taqchilligini qoplashga yo‘naltiriladi.

2023 yilgi «Fuqarolar uchun budjet» nashri e’lon qilindi
9 mart 2023, 21:44

2023 yilgi «Fuqarolar uchun budjet» nashri e’lon qilindi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi O‘zbekistonning 2023 yilgi davlat budjetiga bag‘ishlangan «Fuqarolar uchun budjet» nashrini e’lon qildi. Unga ko‘ra, iqtisodiy o‘sish 5,3 foiz, inflyatsiya 9,5 foiz, davlat budjeti taqchilligi 3 foiz darajasida prognoz qilinmoqda.

O‘zbekiston iqtisodiyot va moliya vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi
20 fevral 2023, 21:48

O‘zbekiston iqtisodiyot va moliya vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi

Prezident Ilhom Norqulov, Erkin Rustamov, Adiz Boboyev, Anvar Karimov, Dilshod Sultanov va Gulnora Raximovani O‘zbekiston iqtisodiyot va moliya vaziriga o‘rinbosar etib tayinladi. Omonullo Nasritdinxodjayev, Odilbek Isoqov va yana bir qancha rahbarlar moliya vaziri o‘rinbosarlari lavozimlarini tark etishdi.

2022 yilda O‘zbekistonda oyliklar va JSHODS to‘lovlarida qanday o‘zgarishlar bo‘ldi
20 fevral 2023, 19:11

2022 yilda O‘zbekistonda oyliklar va JSHODS to‘lovlarida qanday o‘zgarishlar bo‘ldi

2022 yilda O‘zbekistonda oyligidan soliq to‘layotganlar soni 215 mingga oshib, 5 mln kishiga yetdi. Ularning aksariyati hali ham 1−2 mln so‘m maosh oladi, biroq ularning ulushi pasayishda davom etmoqda. Shu bilan birga, 4−5,5 mln so‘m va undan ortiq maoshga ega bo‘lgan soliq to‘lovchilar soni keskin oshgan.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi yanvarning birinchi yarmidagi davlat budjeti taqchilligiga izoh berdi
9 fevral 2023, 17:15

Iqtisodiyot va moliya vazirligi yanvarning birinchi yarmidagi davlat budjeti taqchilligiga izoh berdi

Yanvarning birinchi yarmida davlat budjeti defitsitining 5,5 trln so‘mga yetishi sovuqdan jabr ko‘rgan 30 ming tadbirkorning soliq qarzdorligi o‘sishi hamda ish haqi, pensiya va nafaqalarning moliyalashtirilishi bilan izohlandi. Umuman olganda, yanvarda daromadlar oshdi, deya qayd etdi Iqtisodiyot va moliya vazirligi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting