Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2022 yilgi O‘zbekiston davlat budjeti daromadlarining 2022 yildagi ijrosi bo‘yicha dastlabki natijalarni e’lon qildi.

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha tushumlar 2022 yilda 24,3 trln so‘mni (shu jumladan, to‘lov
manbaida ushlab qolinadigan soliq bo‘yicha — 22,5 trln. so‘mni) tashkil etib, 2021 yilga nisbatan 5,4 mrld so‘mga yoki 28,4%ga oshdi.

Bunda, qat’iy belgilangan miqdorda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha tushumlar 2022 yilda
393,3 mlrd so‘mni tashkil etib, 2021 yilga nisbatan 3,4 mlrd so‘mga yoki 0,9%ga kamaydi.

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha tushumlarning o‘sishiga bir qator omillar ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Jumladan:

  • budjet sektorida eng kam ish haqini 2021 yilga nisbatan o‘rtacha 14,7%ga oshirilishi;
  • iqtisodiyotning barcha sektorlarida xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondini legallashtirib borilishi.

Natijada 2022 yilda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘lovchilari soni 5 018 mingtani tashkil etib, 2021 yilga nisbatan 215 mingtaga yoki 8%ga oshdi.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilda iqtisodiy faol aholi soni 14,9 mln kishini tashkil etgan, ya’ni mamlakatda mehnatkashlarning atigi 33,6 foizi ish haqi bo‘yicha soliq to‘lagan.

иқтисодиёт va moliya vazirligi, ойлик maosh

иқтисодиёт va moliya vazirligi, ойлик maosh

Ularning aksariyati hali ham 1 mln so‘mgacha maosh oladi, biroq yil davomida ularning ulushi keskin — 31,4 foizdan 28 foizga (1,5 million so‘mdan 1,4 million so‘mgacha) pasaydi. Ularning aksariyati budjetdan tashqari sohada ishlaydi.

O‘tgan yilga nisbatan 1−2 mln so‘m (25,6 foizdan 24,6 foizgacha) va 2−4 mln so‘m (25,4 foizdan 25,2 foizgacha) ish haqiga ega bo‘lgan ishchilar ulushi ham kamaydi, garchi ularning soni mos ravishda 948 va 43 290 nafarga oshgan bo‘lsa ham.

Maoshi 4 mln dan 5,5 mln so‘mgacha (8 foizdan 9,3 foizgacha) va 5,5 mln so‘mdan va undan ortiq (9,5 foizdan 12,9 foizgacha) bo‘lgan soliq to‘lovchilar sezilarli darajada ko‘paygan. Ularning soni mos ravishda 83,7 ming va 192,8 mingtaga oshdi.

2022 yilda ish haqi fondi 156,9 trln so‘mga yetdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 30,7 trln so‘mga yoki 25 foizga ko‘pdir.

Soliq to‘lovchilarning dividendlar va foizlar ko‘rinishidagi daromadlari hisobidan davlat budjetiga 758,6 mlrd so‘m, mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlardan 361,6 mlrd so‘m tushdi.

Jismoniy shaxslarning dividendlar ko‘rinishidagi daromadlari 8,8 trln so‘mni tashkil etdi va ulardan 429 mlrd so‘mi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hisoblanadi.