2-iyun kuni Itqisodiyot va moliya vazirligida Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

Uchrashuvda iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Ilxom Norqulov, qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Axadbek Xaydarov va tegishli tarkibiy tuzilma rahbarlari hamda Yevropa Ittifoqining hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Vim Riyepma, loyiha menejeri Adrian Nil ishtirok etgan.

YeI tomonidan Qishloq xo‘jaligi sohasidagi islohotlarga yordam berish maqsadida taqdim etilayotgan 27 mln yevro miqdoridagi grant mablag‘larini olish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilgan.

Bunda, mazkur mablag‘lar qishloq xo‘jaligining quyidagi islohotlarni amalga oshirishga qaratiladi:

  • iqlim o‘zgarishiga moslashish va uning oqibatlarini yumshatish tadbirlarini amalga oshirish;
  • qishloq xo‘jaligida ilm-fan, ta’lim, axborot va maslahat xizmatlari tizimini rivojlantirish;
  • oziq-ovqat va sog‘lom oziqlanish xavfsizligini ta’minlash;
  • davlat xarajatlarini diversifikasiya qilish.

Muloqot yakunida grant mablag‘larini olish bo‘yicha erishilishi lozim bo‘lgan maqsadli ko‘rsatkichlari kelishib olingan.