«hukumat qarori» tegli maqolalar


27 noyabr 2021, 13:04

Endi yakka tartibdagi tadbirkorlar 5 nafargacha xodim yollashi mumkin

Hukumat qarori bilan endilikda YATTlar 5 nafargacha xodim yollashi mumkin, ilgari 3 nafargacha ruxsat berilgandi. Bunda tadbirkor bank hisobvarag‘i ochganidan so‘ng xodim yollash huquqiga ega bo‘ladi. Qolaversa, xodim bilan mehnat shartnomasi ham tuziladi.

24 noyabr 2021, 18:20

Toshkentda Piza universiteti filiali tashkil etildi

Hukumat qarori bilan Toshkentda Italiyaning X asrlik tarixga Piza universitetining filiali tashkil etildi. Filialda ta’lim 2022/2023 o‘quv yilidan kunduzgi shaklda kontrakt asosida amalga oshiriladi. Bitiruvchilarga esa universitet diplomi beriladi.

19 noyabr 2021, 11:59

Orolbo‘yida kardiologiya markazi ochiladi

Hukumat qarori bilan Orolbo‘yida kardiologiya tibbiyot markazi tashkil etiladi. Markaz Orolbuyi mintaqasidagi hamda Buxoro va Navoiy viloyatlarida tug‘ma yurak nuqsoni bilan tug‘ilgan bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatadi. Markaz kasalliklarning oldini olish, ularga tashxis qo‘yish, davolash bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish bilan shug‘ullanadi.

17 noyabr 2021, 10:55

Endi yuridik shaxslar ham avtomobillarni qisqa muddatga ijaraga olishi mumkin

Endilikda nafaqat jismoniy shaxslar, balki yuridik shaxslar ham avtomobillarni qisqa muddatga ijaraga olishlari mumkin. Ijaraga berilgan transport tomonidan buzilgan yo‘l harakati qoidalarini esa onlayn tekshirish imkoniyati yaratildi.

3 noyabr 2021, 10:49

Ayrim hududlarda paxta teruvchilarga qo‘shimcha haq to‘lanadi

Hukumat qarori bilan paxta-to‘qimachilik klasterlariga paxtani terib olish uchun 1,6 trln so‘mgacha resurslar ajratiladi. Mashinada paxta yig‘ib olish xizmati xarajatlarining 30 foizi davlat tomonidan qoplab beriladi. Shuningdek, ayrim hududlarda paxta teruvchilarga amaldagi stavkaga qo‘shimcha ravishda har bir kg paxta uchun 230 so‘m ustama haq to‘lanadi.

18 oktabr 2021, 19:56

Ko‘p kvartirali uyning yerto‘lasidan foydalanish tartibi belgilandi

Ko‘p kvartirali uyning yerto‘lasidan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Yerto‘ladad do‘konlar, kioskalar, do‘konchalar va boshqa faoliyat turlarini amalga oshirish mumkin. Yerto‘lalar faqat kvartira egalarining roziligi bilan ajratiladi.

14 oktabr 2021, 14:32

Alohida toifali yoshlarga uy-joy qurish uchun garovsiz kreditlar ajratiladi

«Temir daftar» va «Ayollar daftari» ga kirgan oilalar farzandlari hamda «Yoshlar daftari» dagi yoshlarga turmush qurayotganida o‘z xonadonidan qo‘shimcha uy-joy qurish uchun garovsiz 30 mln so‘mgacha kreditlar beriladi. Hukumat qarori bilan kredit ajratishning tartibi belgilab berildi.

12 oktabr 2021, 10:37

Hududlarda 310 ta yangi avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi

Hukumat 2022 yil oxirigacha O‘zbekiston hududlarida 310 ta yangi avtobus avtobus yo‘nalishlarini tashkil etishning maqsadli parametrlarini tasdiqladi. Tashuvchilarning zarar miqdori 30% gacha bo‘lsa subsidiya ajratish yo‘li bilan qoplab berilishi mumkin.

5 oktabr 2021, 09:45

Eksportyorlarga tashish xarajatlarining 50 foizgacha qismi qoplab beriladi

Hukumat qaroriga muvofiq, mahsulotlarini O‘zbekiston bilan chegaradosh bo‘lmagan davlatlarga eksport qiluvchilarga tashish harajatlarining 50 foizgacha qismi to‘lab beriladi. Ariza va tegishli hujjatlar Eksportni rag‘batlantirish agentligiga taqdim etiladi. Kompensatsiya taqdim etish shartlari va uni rad etish tartibi ham belgilab berildi.

27 sentabr 2021, 10:25

Talabalarga ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish tartibi belgilandi

Ijarada yashayotgan talabalarga oylik ijara to‘lovining bir qismini davlat budjetidan qoplab berish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Unga ko‘ra, OTMning faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiydigan talablarga ijara to‘lovining bir qismi qoplab beriladi. Ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish o‘quv yilining davomiyligiga qarab belgilanadi.

22 sentabr 2021, 12:43

Savdo va ko‘ngilochar ko‘chalarda jamoat tartibi xavfsizligi kuchaytiriladi

Hukumat qarori bilan IIV, FVV va Milliy gvardiyaga savdo va ko‘ngilochar ko‘chalarida qo‘shimcha patrullik postlarini tashkil qilish, xizmatga jalb qilingan otryadlar zichligini oshirish, tadbirkorlik subyektlari mol-mulkini qo‘riqlash vazifalari topshirildi.

6 sentabr 2021, 10:30

Toshkent shahridagi istirohat bog‘lari 24 soat ishlay oladi

Hukumat qarori bilan poytaxtdagi istirohat bog‘lariga tunu kun faoliyat yuritishiga ruxsat berildi. 2023 yilgacha poytaxtning ko‘kalamzorlashtirilishi darajasini 30 foizga yetkazish belgilanmoqda. 2022 yildan sinov tariqasida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish vazifalari autsorsing asosida tadbirkorlarga beriladi.

21 avgust 2021, 19:10

Jurabek Laboratories ishlab chiqargan xitoy-o‘zbek va «Sputnik V» vaksinalarini ro‘yxatga olishga ruxsat berildi

O‘zbekiston hukumati Jurabek Laboratories kompaniyasida ishlab chiqarilgan ZF-UZ-VAC 2001 va «Sputnik V» vaksinalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga rozilik berdi.

5 iyun 2021, 14:05

Respublikadagi 61 ta postda har kuni atmosfera havosi sifati tekshiriladi

Hukumat qarori bilan respublikadagi 61 ta postda har kuni atmosfera havosi sifati, mayda dispersli zarrachalar bo‘yicha esa oylik kuzatishlar amalga oshirilishi belgilanmoqda. Hujjatda shuningdek, 1 dekabrgacha atrof tabiiy muhit davlat monitoringi tizimining Yagona geoaxborot bazasi shakllantirilishi belgilangan.

24 fevral 2021, 17:58

Suv tejovchi texnologiyadan foydalanganlarga subsidiyalar beriladi

Suv tejovchi texnologiyadan foydalangan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga subsidiyalar beriladi. Biroq, besh yilgacha bo‘lgan muddatda texnologiya ishlatilmasa, yillar kesimida subsidiyaning 100 foizidan 20 foizgacha miqdori qaytarib olinadi. Texnologiyadan foydalanmaslik holati haqida video tasvirlarni yuborgan shaxslar rag‘batlantiriladi.

9 yanvar 2021, 13:31

Xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vaqtinchalik tartib joriy qilinadi

Hukumat qarori bilan Xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vaqtinchalik tartib joriy qilinmoqda. Unga ko‘ra, “Ayollar daftari” kiritiladigan xotin-qizlar toifalari hamda ularga yordam ko‘rsatish tartibi va muddatlari belgilanmoqda.

24 noyabr 2020, 10:42

OTMlarda tahsil olayotgan yetim bolalar davlat qaramog‘ida bo‘ladi

Hukumat qaroriga ko‘ra, yetim bolalar va ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar barcha ta’lim muassasalari, shu jumladan, OTMlarda ta’lim-tarbiya oladigan muddatda to‘liq davlat ta’minotida bo‘ladi. Bundan tashqari, davlat ta’minotida bo‘lgan bolalarga ta’lim muassasasini bitirayotganda, ishga qabul qilinayotganda kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar sotib olish uchun pul mablag‘lari ajratiladi.

6 noyabr 2020, 17:17

Elektroskuterlarni ro‘yxatdan o‘tkazish majburiy bo‘ldi

Hukumat qaroriga binoan, tezligi soatiga 40 va undan yuqori bo‘lgan elektromobillar davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi. Ushbu ro‘yxatga elektromototsikllar va elektroskuterlar ham kiritilgan.

27 avgust 2020, 17:20

Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti tashkil etildi

Hukumat qarori bilan Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti tashkil etildi. Unda ta’lim faoliyati 2020/2021 o‘quv yilidan boshlanadi.

3 avgust 2020, 17:25

Suv chiqarish vositalarini sotib olish va o‘rnatishga subsidiya ajratiladi

Suv ta’minoti og‘ir hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan yer maydonlariga suv chiqarish vositalarini sotib olish va o‘rnatish uchun subsidiya ajratiladi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting