Endi yangi AGTKSHlar qurish uchun tabiiy gaz tarmoqlariga ulanish bo‘yicha texnik shartlar va litsenziya faqat Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Energetika vazirligining taqdimnomasiga ko‘ra beriladi. 1-yanvardan boshlab esa “UZINFOCOM” avtomatlashtirilgan tizimlariga ulanish talabi majburiy hisoblanadi.
Bo‘ka tumanida bir oyda 1,8 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan “zapravka” aniqlandi. AGTKSHda elektron hisobga olish uskunalariga tashqi ta’sir ko‘rsatish orqali uning xotira ma’lumotlari o‘chirilgan.
Ohangaron tumanidagi “zapravka”lardan biri yashirin yo‘llar bilan qo‘shimcha tarmoq tortib, gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Bundan ko‘rilgan zarar 37,5 mlrd so‘mdan ortiqni tashkil etdi.
Boyovut tumanidagi metan “zapravka”lardan biri 62,4 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi.
Jo‘rabek Mirzamahmudov ba’zi gaz quyish shoxobchalari uchun imtiyozli narxlar borligi haqidagi savolga javob berdi. Davlat yetkazib beruvchilari barcha “zapravka”larga gazni yagona narxda sotadi, dedi energetika vaziri.
O‘zbekiston hukumati qarori loyihasida yaqin olti oyda gaz to‘ldirish shoxobchalarida gazning maksimal chakana narxi 3250 so‘mdan oshmasligi uchun “qat’iy choralar” ko‘rilishi ko‘zda tutilmoqda.
Oltiariq tumanidagi gaz “zapravka” 27 mingdan ziyod xonadonning bir oylik iste’moliga teng gazdan noqonuniy foydalanib, 5 mlrd so‘mlik zarar yetkazgani aniqlandi.
Shavkat Mirziyoyev hafta davomida gaz quyish shoxobchalariga gaz yetkazib berish hajmi 5 barobarga oshirilganini ma’lum qildi.
«O‘ztransgaz» ba’zi «zapravka»lar mashinalarga tanish-bilish qilib, gaz to‘ldirib berayotganini rad etdi. Unga ko‘ra, kunning ma’lum qismida 1 soatdan 3 soatgacha davlat tashkilotlari avtomobillariga xizmat ko‘rsatilmoqda. Harorat ko‘tarilgach, barcha shoxobchalar odatdagi ish tartibiga qaytadi.
Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov boshchiligidagi ishchi guruh Ohangaron tumanida noqonuniy faoliyat yuritayotgan «zapravka»larni aniqladi. AGTKSHlarning uskunalari foydalanishga yaroqsizligi, elektr energiyasidan jami 111 mln so‘m qarzdorligi ma’lum bo‘ldi.
Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov boshchiligidagi ishchi guruh Yangiyo‘l tumanida tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotgan «zapravka»ni aniqladi. Holat bo‘yicha AGTKSH va «O‘ztransgaz» hududiy boshqarmasi mas’ullariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Energetika vazirligi Toshkent shahrining Yangihayot va Sergeli tumanlarida noqonuniy faoliyat olib borayotgan gaz quyish shoxobchalarini aniqladi. Ulardan biri ko‘cha yoritish chiroqlarini o‘chirgan holda, boshqa biri esa gaz hisoblagich parametrlarini o‘zgartirgan holda ish olib borgan.
Surxondaryoda aholi va ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida avtomobillarga gaz qo‘yish shoxobchalari faoliyatiga vaqtinchalik cheklovlar o‘rnatildi.
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi «Temuriylar» mahallasida «zapravka» sabab aholi xonadonlarida gaz bosimi tushib ketgani aytilmoqda. Tuman gaz xodimlari esa gaz kelishini aytib, ish vaqtidan keyin qo‘ng‘iroqlarga javob bermayapti. Toshkentdagi shoxobchalar oldida esa ichki ishlar xodimlari navbatchilik qilishni boshladi.
«O‘ztransgaz» ob-havoning sovuqlashuvi sharoitida aholi, iste’molchilar hamda ijtimoiy soha obyektlari, shuningdek, strategik ahamiyatga molik korxonalarni tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida 9 noyabrdan boshlab barcha avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalari maxsus jadval asosida ishlashini ma’lum qildi.
Namanganda aholi xonadonlariga taqab metan «zapravka» qurilmoqda. Qurilish zarur hujjatlar rasmiylashtirilmasdan boshlangan. Kun.uz nashrining ma’lum qilishicha, qurilish tepasida Namangandagi ko‘plab AGTKSlar egasi, viloyat hokimining qudasi turgan bo‘lishi mumkin. Maqola muallifi trollar hujumiga uchradi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting