Aholi va ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida Surxondaryo viloyatida joylashgan avtomobillarga gaz qo‘yish kompressor shoxobchalari (AGTKSH)ga yetkazib berilayotgan tabiiy gaz ta’minotini vaqtinchalik cheklash bo‘yicha reja-jadval tasdiqlandi, deya xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Rejaga ko‘ra, belgilangan AGTKSH juft kunlarida soat 7:00 dan 15:00 ga qadar, ayrimlari esa toq kunlarida soat 7:00 dan 15:00 ga qadar tabiiy gaz bilan ta’minlanishi belgilangan. Reja-jadval bilan batafsil bu yerda tanishish mumkin.

Hokimlik amaliyotga joriy etilayotgan choralar vaqtinchalik bo‘lishini va munosib shart-sharoit paydo bo‘lishi bilan barcha AGTKSH odatdagi ish tartibiga qaytishini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, 4 dekabrdan Toshkent shahridagi «zapravka»lar aholi xonadonlarini gaz bilan ta’minlash uchun yopilgandi. 7 dekabrdan Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridagi gaz «zapravka»lar faoliyatiga vaqtinchalik cheklovlar o‘rnatilgandi.