Shavkat Mirziyoyev energiya resurslari taqchilligi sharoitida qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni ko‘paytirish bo‘yicha takliflarni sanab o‘tdi. Davlat aholidan elektr energiyasini bir kVt/soatiga 1000 so‘mdan sotib olishni boshlaydi, issiqxonalar va g‘isht zavodlarini ko‘mirga o‘tkazadi va hokazo.
Energetika vazirligi Afg‘onistonga issiqlik elektr stansiyalari uchun yonilg‘i tanqisligi sababli elektr energiyasi yetkazib berish to‘xtatilganini tasdiqladi. 25 yanvardan qo‘shni mamlakatga elektr eksportini tiklash rejalashtirilmoqda.
Prezident qarori bilan 1 aprelgacha tadbirkorlarning energiya resurslaridan noqonuniy va samarasiz foydalanish holatlari tekshiriladi. Tekshiruv prezident huzuridagi Tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan kelishmasdan amalga oshiriladi.
Toshkent ko‘chalarini salkam 140 mingta chiroq yoritadi, bir oyda 29,5 mln kVt soat yoki 13 mlrd 279 mln so‘mlik elektr energiyasi sarflanadi. Tungi vaqtlarda chiroqlarni o‘chirib qo‘yish orqali 25% elektr energiyasi tejalmoqda, deya qayd etdi «Toshshaharnur» DUK. Bu 4400 ta xonadonning bir oylik iste’moliga teng.
Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev elektr energiyasidagi uzilishlarning sababini stansiyalarda elektr ishlab chiqarish uchun yoqilg‘i yetishmasligi bilan izohladi. Uning aytishicha, O‘zbekistonda mavjud elektrning 85 foizi tabiiy gaz vositasida ishlab chiqariladi.
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti o‘rganish natijalari shuni ko‘rsatdiki, iqtisodiy tarmoqlar uchun zarur elektr energiya resursini rejalashtirish bevosita suv oqimi hajmini prognozlashtirish imkoniyatlari va salohiyatiga bog‘liq.
15 iyuldan boshlab O‘zbekistonda budjet tashkilotlari, kompaniyalar, issiqlik elektr stansiyalari va boshqa yuridik shaxslar uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’moli uchun narxlar oshiriladi. Aholi uchun tariflar o‘zgarishsiz qoldiriladi. Ijtimoiy me’yor hozircha joriy qilinmaydi.
1 iyuldan elektr energiya va gaz iste’moli uchun narxlarni «ijtimoiy norma» asosida belgilash kutilmoqda. Muhokamaga e’lon qilingan hukumat qarori loyihasiga ko‘ra, amaldagi narxlar oshadi. Shuningdek, belgilangan normadan ko‘proq ishlatganlar har bir qo‘shimcha kVt soat elektr energiya uchun — 2 baravar, har bir qo‘shimcha kub metr gaz uchun esa — 5 baravar miqdorida to‘lov qiladi. Narxlar 2024−2025 yillardan inflyatsiya darajasiga indeksatsiya qilinadi, 2026 yildan esa erkinlashtiriladi.
Yaqin kunlarda energetika sohasini isloh qilish bo‘yicha hujjat loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi, deyiladi Iqtisodiy taraqqiyot, Moliya va Energetika vazirliklari qo‘shma bayonotida. 2021 yilni O‘ztransgaz — 2,5 trln so‘m, Milliy elektr tarmoqlari — 2,1 trln so‘m zarar bilan yakunlagan, subsidiyalash siyosati esa yetarli samarani bermayapti. Energoresurslar bo‘yicha qo‘shimcha quvvatlarni yaratish uchun esa 25 mlrd dollar zarur. Shundan kelib chiqib, energoresurslar narxini erkinlashtirish hamda «ijtimoiy norma» tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryodagi issiqlik elektr stansiyasi qurilishini boshlab berdi. Quvvati 1,56 GVt va umumiy qiymati 1,2 mlrd dollar bo‘lgan IES oxirgi yillarda mamlakatda quriladigan eng yirik issiqlik elektr stansiyasi bo‘ladi. Loyiha Germaniyaning Siemens Energy, Fransiyaning YeDF va Niderlandiyaning Stone City Energy kompaniyalari tomonidan davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladi.
Markaziy Osiyo energotizimidagi yirik avariya tufayli O‘zbekistondan Afg‘onistonga elektr energiyasi eksporti vaqtincha to‘xtatilgan edi. Ayni vaqtda energiyani yetkazib berish qayta tiklangan.
Qozog‘istonning KEGOC elektr tarmoqlari operatori mintaqa energiya tizimidagi uzilishlar O‘zbekistondagi Sirdaryo IESda sodir bo‘lgan qisqa tutashuv tufayli yuz berganini yana bir marta tasdiqladi.
Blekaut vaqtida yaroqsiz bo‘lib qolmagan vaksinalar, isitish tizimi ishlamagan kunlar uchun chegirib tashlanadigan to‘lov, Samarqandda 5 yilda loy yo‘l qolmasligini aytgan Erkinjon Turdimov, Xorazmda chiqindixonadan murdasi topilgan chaqaloq, shaharlararo yo‘llarda ishlay boshlagan AGTKSHlar, qonuniylashtirilgan aviaspotting va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 27 yanvardagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting