«chiqindi» tegli maqolalar


1 noyabrdan chiqindi xizmati uchun to‘lov qilmaganlarning xorijga chiqishi taqiqlanishi mumkin
15 avgust 2022, 10:50

1 noyabrdan chiqindi xizmati uchun to‘lov qilmaganlarning xorijga chiqishi taqiqlanishi mumkin

Prezident farmoni bilan maishiy chiqindi xizmati uchun to‘lov qilmaganlarning xorijga chiqishi taqiqlanishi mumkin. 1 noyabrgacha tizim «Elektron hukumat» va «Xorijga chiqish pasporti» platformalari bilan bog‘lanadi. Qolaversa, 2023 yildan yangi ko‘p qavatli uylarni chiqindi to‘plash joylarisiz qurish taqiqlanadi.

Sanitar tozalash korxonalariga qo‘shimcha imtiyozlar taqdim etiladi
15 avgust 2022, 10:38

Sanitar tozalash korxonalariga qo‘shimcha imtiyozlar taqdim etiladi

Prezident farmoni bilan 2026 yilgacha sanitar tozalash korxonalaridan foyda va ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz miqdorida undiriladi. Shuningdek, investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun 2,5 mlrd so‘mdan oshmagan miqdorda kreditlar ajratiladi.

YeTTB O‘zbekistonga chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish uchun ikkita kredit ajratadi
29 mart 2022, 16:25

YeTTB O‘zbekistonga chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish uchun ikkita kredit ajratadi

YeTTB Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida yangi sanitariya poligonlarini qurish hamda qattiq maishiy chiqindilarni yig‘adigan maxsus uskunalar xarid qilish uchun umumiy qiymati 120 mln dollar miqdorida kredit ajratmoqda.

«Odamlarimiz hatto hovlisi atrofini tozalashdan erinadigan bo‘lib qolgan». Mirziyoyev hududlardagi ekologik holat haqida
2 fevral 2022, 17:42

«Odamlarimiz hatto hovlisi atrofini tozalashdan erinadigan bo‘lib qolgan». Mirziyoyev hududlardagi ekologik holat haqida

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda yillik hosil bo‘layotgan maishiy chiqindilar miqdori 7 million tonnaga yetganini ma’lum qildi. Davlat rahbari 2022 yilda maishiy chiqindi to‘plash qamrovini 95 foizga, qayta ishlash hajmini 40 foizga yetkazish vazifasini qo‘ydi. «Odamlarimiz hatto eshigi va hovlisi atrofini tozalashdan, daraxt, gul, ko‘chat ekib, saranjom-sarishta qilib qo‘yishdan erinadigan bo‘lib qoldi», — dedi prezident.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting