Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 29-noyabrdagi qarori bilan “Maxsustrans” korxonasining qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqish bo‘yicha poytaxt aholisi va tashkilotlari uchun tariflarini 1,5 baravarga oshirish tasdiqlandi. Kengashning “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, tariflar hokim qarori chiqqanidan keyin kuchga kiradi.

Har bir yashovchi uchun oyiga maishiy chiqindilarni olib chiqish tarifi 4500 so‘mdan 7500 so‘mgacha oshiriladi.

budjet va xo‘jalik hisobidagi tashkilotlar uchun 1 kubometr qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqish QQSsiz 89 966,57 so‘mga (hozirda 53 986,56 so‘m), 1 tonna chiqindilar — 188 808,96 so‘mga (hozirda 20 174 so‘m) qimmatlashadi.

Korxona va tashkilotlar uchun ND-310 rusumli avtomashinalar (markaziy yuk tashuvchi) yordamida chiqindi tashish shoxobchalaridan (Yashnobod, Yakkasaroy va Yunusobod metro stansiyalari) qattiq maishiy chiqindilarni Ohangaron poligoniga olib chiqish besh baravar qimmatlashadi — 116 461,34 so‘m (hozirda 22 275 so‘m).

chiqindi

Chiqindilarni olib chiqish bo‘yicha tariflar oxirgi marta 2019-yil yanvarida oshirilgan edi.

Avvalroq Toshkent, Farg‘ona, Andijon, Samarqand viloyatlari va Samarqand shahrida qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish bo‘yicha xizmatlar narxi bo‘yicha yagona tariflar belgilandi.