Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan видеода Buxoro viloyati aholisi avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘ygani tasvirlangan. Videolavha muallifi ta’kidlashicha, odamlar gaz yo‘qligi sabab norozilik bildirishmoqda.

Tasvirlardan ko‘rish mumkinki, norozilik ishtirokchilari 20 nafar atrofida, ularning ko‘pchiligi — ayollardan iborat. Ular bilan YHXB xodimlari suhbatlashmoqda. Odamlar 60 ga yaqin xonadonlar gazsiz qolganini ta’kidlamoqda.

Vaziyat bo‘yicha Buxoro viloyati hokimiyati izoh berdi. «Holat viloyat hokimligi, sektorlar rahbarlari va soha mutasaddilari tomonidan o‘rganilmoqda. O‘rganish yakunlari bo‘yicha batafsil axborot beriladi», — deyiladi hokimiyat xabarida.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Andijon, Farg‘ona, Sirdaryo viloyatlari hamda Qoraqalpog‘istonda gaz va elektr energiyasi yo‘qligi sabab aholi yo‘llarni yopib қўйишgaнди va shu orqali o‘z muammolariga hokimiyat vakillarini e’tiborini tortishga urinishgan.