FVV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 4 fevral kuni Buxoro shahri Islom Karimov ko‘chasida yangi qurilayotgan 8 qavatli turar joy binosining 3 qavatida gaz portlashi sodir bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, gaz portlashi oqibatida 3 kishi turli darajadagi tan jarohatlari olgan. Vafot etganlar to‘g‘risida hozircha xabar bo‘lmagan.

Hozirda portlash joyida FVV hududiy boshqarmasi qutqaruvchilari ishlamoqda.