Surxondaryodagi “Boldir” bojxona postida Turkmanistondan kelayotgan poyezd vagonlaridan birini ko‘zdan kechirish chog‘ida 12,7 mlrd so‘mlik 851 ming quti aksiz markasiz sigaretlar aniqlandi.
Pokiston va O‘zbekiston bojxona ma’lumotlari almashinuvini yo‘lga qo‘yadi. Yil oxirigacha mamlakatlarning yagona darcha tizimlari o‘rtasida shartnomalar tuzish rejalashtirilgan.
O‘zbekistondagi xalqaro aeroportlarning uchib ketish yo‘nalishida ikki yo‘lakli (yashil va qizil) tizim tugatildi. U 2018-yil 1-yanvarda ishga tushirilgandi. O‘rniga masofaviy bojxona nazorati tizimi joriy etildi.
Yangihayot tumanida Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan noqonuniy muomaladan musodara qilingan 2 tonnadan ziyod narkotik vositalar yoqib yuborildi. So‘nggi 1,5 yilda 952 kg giyohvandlik, 440 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi va 7 ming donadan ortiq psixotrop moddalar aniqlangan.
“G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti orqali harakatlangan avtomashinadan Afrika filining tishi hamda 180 dona bug‘u shohlari topildi.
Qoraqalpog‘istondagi «Dovut-ota» chegara postida Rossiyadan O‘zbekistonga olib o‘tilayotgan, tegishli hujjatlari bo‘lmagan gazli va pnevmatik to‘pponchalar, gaz ballonlari va patronlar aniqlandi.
Mirobod tumanida bojxonachilar noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilgan 4 mlrd so‘mdan ortiq tamaki mahsulotlarini aniqladi. Holat yuzasidan tergov boshlangan.
«Samarqand aeroporti» chegara bojxona posti xodimlari tomonidan pnevmatik to‘pponcha olib o‘tmoqchi bo‘lgan fuqaro qo‘lga olindi. Undan olingan 1 dona kalibri 4,5 mm bo‘lgan pnevmatik to‘poncha hamda ushbu to‘pponchaga tegishli 4 dona siqilgan havo balonchalari va 89 dona o‘qlari tegishli tartibda yo‘q qilindi.
Navoiyda qozog‘istonlik narkokur’erlar viloyatning Uchquduq tumani Qizilqum cho‘li hududiga xufiyona tarzda 12 ming dona «Tramadol» dori vositalari ko‘mib ketgani aniqlandi. Toshkentda esa tish doktori psixotrop dorilar savdosiga aralashib qoldi. Boshqa urinishlar ham fosh qilindi.
Yangihayot tumanidagi zavodlarning birida 297,4 mln so‘mlik 34,2 ming quti kontrabanda tamaki mahsulotlari yoqib yuborildi. Bojxona qo‘mitasi noqonuniy olib kirish holatlari ko‘proq vodiy viloyatlarida uchrashini ma’lum qildi. Yil boshidan beri 19,2 mlrd so‘mlik tamaki mahsulotlari olib qo‘yildi.
Poytaxt aeroportining bojxonasi Misrdan uchib kelgan ayoldan Nil timsohi, iguana va piton bolalarini olib qo‘ydi. Noto‘g‘ri tashilgani sabab jonivorlarning ahvoli qoniqarsiz. Ushbu sudralib yuruvchilarning umumiy bahosi taxminan 77 mln so‘m ekani aytilmoqda.
Bojxona qo‘mitasi huzurida «Bojxona-servis» davlat muassasasi tashkil etildi. Tuzilma deklaratsiya xizmatlarini ko‘rsatadi, shuningdek, bojxona organlari tomonidan olib qo‘yilgan tovarlarni sotish bilan ham shug‘ullanadi.
Noqonuniy tadbirkorlarga yordam bermoqchi bo‘lgan «Oybek» chegara bojxona posti boshlig‘i o‘rinbosari va 3 nafar xodimi qo‘lga olindi. Shuningdek, xizmat lavozimini suiiste’mol qilgan Toshkent xalqaro aeroporti navbatchilik qismi boshlig‘i va «Qo‘qon» TIF bojxona postining bir nafar xodimi ham ishdan olindi.
Qozog‘iston bilan chegarada joylashgan «G‘ishtko‘prik — Jibek joli» nazorat-o‘tkazish punktini modernizatsiya qilish ishlari boshlandi. Postga olib boruvchi yo‘l ham ta’mirlanadi. Ta’mirlash ishlari vaqtida post yopilmaydi.
Qo‘qon bojxona postida hujjatlarda 23 tonna 540 kg og‘irlikdagi «reeksport» sifatida qayd etilgan tovarlarni olib ketayotgan ko‘rsatilgan yuk mashinasi tekshirilganda ichida hech nima yo‘qligi aniqlandi. Bojxona xodimlarining bu holatga aloqadorligini aniqlash maqsadida xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.
6 oktabr kuni poytaxtda bojxonachilar va DXX xodimlari oldindan kuzatuvga olingan shaxs boshqaruvidagi Isuzu yuk mashinasini to‘xtatganda undan 433 mln so‘mlik pirotxenika vositalari topildi. Organ xodimlari hodisa bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv boshladi.
Sergelidagi zavodlarning birida noqonuniy muomaladan olib qo‘yilgan 25 ming quti tamaki mahsulotlari yoqib yuborildi. Ular 23 iyun kuni Ohangaron tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida yuk avtomashinasidan topilgandi.
Chimkentda O‘zbekiston va Qozog‘iston bojxona xizmati rahbarlari uchrashdi. Unda bojxona chegaralari orqali tranzit tarzda harakatlanayotgan tovar va transpor vositalari haqida oldindan axborot almashish tizimini 15-dekabrdan boshlab ishga tushirishga kelishib olindi.
Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Akmalxo‘ja Mavlonov boshchiligidagi delegatsiya Gruziyada amaliy tashrif bilan bo‘ldi. Unda ikki davlat o‘rtasida bojxona sohasida professional kadrlarni tayyorlash bo‘yicha Hamkorlik memorandumi hamda Axborotlarni oldindan almashish bo‘yicha bayonnoma imzolandi.
1 iyuldan beri Toshkent xalqaro aeroportidan uchib ketayotgan yo‘lovchilar bojxonachilar tekshiruvidan o‘tkazilmayapti. Bunda yo‘lovchilar haqidagi oldindan to‘plangan ma’lumotlar asosida fuqarolar va ularning yuklari elektron bodi skaner qurilmasidan o‘tmoqda. Faqat shubha uyg‘otgan shaxslargina tekshirilyapti.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting