Toshkent viloyatidagi “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postida fil tishi va bug‘u shohlarini olib kirmoqchi bo‘lganlar to‘xtatib qolindi, deya xabar qilmoqda viloyat bojxona boshqarmasi.

Qayd etilishicha, “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti orqali harakatlanib, xorij davlatidan yurtimizga kirib kelgan fuqaro boshqaruvidagi Cobalt mashinasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan. Natijada avtoulov o‘rindig‘ining ost qismiga yashirincha joylangan, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, hech qanday xujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 32 000 000 so‘mlik, 180 dona bug‘u shoxlari va 1 dona fil tishi borligi aniqlandi.

Ma’lumot uchun, Fil barcha turlari va uning tana a’zolari Halqaro tabiatni muhofoza qilish ittifoqining Qizil ruyhatiga kiritilgan.

Boshqarmaning qayd etishicha, holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.