«bojxona boji» tegli maqolalar


6 yanvar 2022, 20:59

Bir qator tovarlar, jumladan, go‘sht, sariyog‘ va un importi bo‘yicha bojlar bekor qilindi

Prezident qarori bilan besh turdagi tovarlar, jumladan, go‘sht, yog‘, un, sovun va boshqalarni olib kirish uchun bojxona to‘lovlari stavkalari bekor qilindi. Hozirda ushbu tovarlar uchun stavkalar 5% dan 20% gachani tashkil etadi.

23 oktabr 2021, 11:57

82 turdagi xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlar import bojidan ozod qilindi

Prezident qarori bilan 82 turdagi xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlar import bojxona bojidan ozod qilindi. Mazkur hujjat davlat rahbarining tadbirkorlar bilan uchrashuvida bildirilgan takliflardan kelib chiqib qabul qilindi.

21 oktabr 2021, 11:26

2024 yilgacha ayrim turdagi gazlama va matolar import bojidan ozod qilindi

Prezident qarori bilan 2024 yil 1 yanvargacha sun’iy mo‘yna, zig‘irpoya va sun’iy tolalardan to‘qilgan gazlamalar, shisha iplar hamda shisha tolali matolarga import boji qo‘llanilmaydi.

20 oktabr 2021, 17:58

1 maygacha sitrus mevalar bojxona bojidan ozod qilindi

Hukumat qarori bilan 2022 yil 1 maygacha banan, plantaynlar, anjir, ananas, avokado, mango, guayyava, mangostan, olma, nok, kivi va boshqa sitrus mevalar bojxona bojidan ozod qilindi.

4 oktabr 2021, 12:36

2024 yilgacha ayrim tovarlarni O‘zbekistonga olib kirishda bojxona boji bekor qilindi

Prezident farmoniga ko‘ra, qator tovarlar uchun 2024 yil 1 yanvargacha bojxona boji bekor qilindi. Ular orasiga o‘quv laboratoriya va maxsus asbob-uskunalar va jihozlar, taqiqlanmagan o‘yin avtomatlari, videoo‘yinlar uchun uskunalar va bouling uchun avtomatik uskunalar, stomatologiya va kosmetologiya asbob-uskunalari, butlovchi buyumlar va ularning ehtiyot qismlari hamda sarflash materiallari va boshqa tovarlar kirgan.

31 dekabr 2020, 19:33

19 ta tovarlarga bojxona boji bo‘yicha imtiyozlar uzaytirildi

Go‘sht, baliq, sut, tuxum, yog‘ va boshqa tovarlarni mamlakatga import qilishda bojxona bojining nol stavkalari 2021 yil oxirigacha uzaytirildi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting