3 aprel kuni O‘zbekiston prezidenti 2020 yilning oxiriga qadar 20 ta tovar kategoriyalarini mamlakatga olib kirishda bojxona boji va aksiz solig‘ining nol stavkalari belgilagan farmonga imzo qo‘ygan edi.

Prezidentning 30 dekabrdagi qarori bilan barcha ushbu tovarlar uchun (oq va boshqa shakardan tashqari) bojxona boji to‘lovlarini to‘lash 2021 yilning 31 dekabriga qadar uzaytirildi.

Nol stavkalari belgilangan tovarlar ro‘yxati

TIF TN kodi

Tovar nomi

1.

0207

0105-tovar pozitsiyasida ko‘rsatilgan yangi, sovutilgan yoki muzlatilgan uy parrandasi go‘shti va qo‘shimcha ozuqabop mahsulotlar

2.

0301−0305

Baliq

3.

0402,

0405,

0407

Quyultirilgan yoki shakar yoxud boshqa shirin ta’m beruvchi moddalar qo‘shilgan sut va qaymoq;

Sariyog‘ va sutdan tayyorlangan boshqa moylar va yog‘lar; sut pastalari;

Po‘choqli, yangi, konservalangan yoki qaynatilgan parranda tuxumlari

4.

0703,

0706,

070700

Barra yoki sovutilgan piyoz, shalot piyozi, sarimsoq piyoz, porey piyozi va boshqa piyozboshli sabzavotlar;

Barra (yangi) yoki sovutilgan sabzi, sholg‘om, shirin lavlagi, echkisoqol, selderey ildizi, rediska va boshqa shunga o‘xshash iste’mol qilinadigan ildizmevalar;

Barra (yangi) yoki sovutilgan bodringlar va sapcha bodringlar

5.

0708,

0713

Po‘chog‘i archilgan yoki archilmagan, barra (yangi) yoki sovutilgan dukkakli sabzavotlar;

Po‘chog‘i archilgan, urug‘ po‘sti archib tozalangan yoki tozalanmagan, yanchilgan yoki yanchilmagan quritilgan dukkakli sabzavotlar

6.

110100,

1104

Bug‘doy uni yoki bug‘doy-javdar uni;

1006-tovar pozitsiyasida ko‘rsatilgan guruchdan tashqari boshqa usullarda qayta ishlangan (masalan, oqshoq yoki yanchilgan ko‘rinishda po‘sti tozalangan, bosilgan, yorma qilib qayta ishlov berilgan, oqlangan) boshoqli donlar;

butun, yorma ko‘rinishida bosilgan yoki yanchilgan boshoqli don murtagi

7.

1512

Kimyoviy tarkibi o‘zgartirilmagan holda tozalangan yoki tozalanmagan kungaboqar, maxsar yoki paxta moyi va ularning fraksiyalari

8.

1902

Issiqlik bilan ishlov berilgan yoki ishlov berilmagan, ichiga masalliq (go‘shtdan yoki boshqa mahsulotlardan) solingan yoki solinmagan, boshqa usulda tayyorlangan yoki tayyorlanmagan, shu kabi spagetti, makaronlar, ugra, lazanya, kletski, ravioli, kanneloni makaron mahsulotlari;

tayyorlangan yoki tayyorlanmagan kuskus

9.

210210 310 0,

2102103900

Xamirturush

10.

3005

Tibbiyot, xirurgiya, stomatologiya yoki veterinariyada qo‘llash uchun mo‘ljallangan, chakana savdo uchun shakl va o‘ramlarda qadoqlangan yoki farmatsevtik moddalar shimdirilgan yoki qoplangan paxta, doka, bint va shunga o‘xshash buyumlar (masalan, bog‘lash materiallari, leykoplastirlar, priparkalar)

11.

3306

Og‘iz bo‘shlig‘i yoki tish gigiyenasi vositalari, shu jumladan, tish protezlarini qotirish uchun kukunlar va pastalar;

chakana sotish uchun individual qadoqlangan tish oralarini tozalashda ishlatiladigan iplar (tish ipagi)

12.

3401,


3402

Sovun; tarkibiga sovun qo‘shilgan yoki qo‘shilmagan, bruslar shaklidagi yoki qoliplangan buyumlar ko‘rinishidagi sovun sifatida ishlatiladigan yuzaga faol ta’sir ko‘rsatuvchi organik moddalar va vositalar;

suyuqlik yoki krem ko‘rinishidagi va chakana sotish uchun qadoqlangan, tarkibiga sovun qo‘shilgan yoki qo‘shilmagan, yuzaga faol ta’sir ko‘rsatuvchi organik moddalar va terini yuvish vositalari;

Yuzaga faol ta’sir ko‘rsatuvchi organik moddalar (sovundan tashqari); tarkibiga sovun qo‘shilgan yoki qo‘shilmagan (3401-tovar pozitsiyasidan tashqari) yuzaga faol ta’sir ko‘rsatuvchi moddalar, yuvish vositalari (shu jumladan, yordamchi yuvish vositalari) va tozalash vositalari

13.

340600000 0

Shamlar, mumdan yasalgan ingichka shamlar va shunga o‘xshash buyumlar

14.

3605000000

Gugurtlar, 3604-tovar pozitsiyasidagi pirotexnika buyumlaridan tashqari

15.

4015110000,

4015190000

Vulkanizatsiyalangan rezinadan tayyorlangan qo‘lqoplar, ish qo‘lqoplari va mitenkalar

16.

480300,




4818

O‘ramlar yoki listlarda bo‘lgan, krepirlangan yoki krepirlanmagan, gofralangan yoki gofralanmagan, bosib naqshlangan yoki bosib naqshlanmagan, teshilgan yoki teshilmagan, yuzasi bo‘yalgan yoki bo‘yalmagan qog‘ozdan tayyorlangan hojatxona salfetkalari yoki yuz artish uchun salfetkalar, sochiqlar yoki xo‘jalik-maishiy yoxud sanitariya-gigiyena uchun mo‘ljallangan boshqa turdagi qog‘ozlar, sellyuloza momig‘i va sellyuloza tolasidan mato;

Eni 36 sm dan oshmaydigan rulonlarda yoki o‘lcham yoxud shaklda kesilgan xo‘jalik-maishiy yoxud sanitariya-gigiyena uchun mo‘ljallangan hojatxona qog‘ozi va shunga o‘xshash qog‘oz, sellyuloza momig‘i va sellyuloza tolasidan mato; xo‘jalik-maishiy, sanitariya-gigiyena yoki tibbiyot uchun mo‘ljallangan dastro‘molchalar, kosmetik salfetkalar, sochiqlar, dasturxonlar, salfetkalar, choyshablar va shunga o‘xshash buyumlar, qog‘oz massasi, qog‘oz, sellyuloza momig‘i yoki sellyuloza tolasidan kiyim-kechak va unga tegishli buyumlar

17.

5603

Shimdirilgan yoki shimdirilmagan, qoplamali yoki qoplamasiz, dublirillangan yoki dublirillanmagan noto‘qima matolar

18.

9019200000

Ozon, kislorod va aerozol terapiyasi uchun sun’iy nafas olish yoki boshqa terapevtik nafas oldirish apparatlari

19.

961900

Turli materiallardan tayyorlangan ayollarning gigiyenik prokladkalari va tamponlari, bolalar yo‘rgaklari va tagliklari hamda shunga o‘xshash buyumlar