13-aprel kuni “2023-yilda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni [PF-51-son] qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.

Farmonga ko‘ra, 2023-yil 1-maydan 2025-yil 1-yanvargacha ayrim qurilish materiallari va xomashyo турларини (jadvalda keltirilgan) import qilishda bojxona bojining nol stavkasi qo‘llaniladi.

bojxona божи, qurilish

Avvalroq prezident ushbu chora uy-joy qurilishi tannarxini pasaytirishga qaratilganini aytgandi. Unga ko‘ra, yuqori navli sement uchun bojxona to‘lovi bo‘yicha imtiyozning yana bir yilga uzaytirilishi (2021-yilda joriy etilgan) uy-joy qurilishi xarajatlarini 5 foizga pasaytiradi.

Avvalroq, 1-maydan boshlab rasmiy daromadi yetarli bo‘lmagan shaxslarga ham ipoteka krediti berilishi haqida xabar berilgandi.