Avvalroq “Gazeta.uz” O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Aholining yengil avtotransport vositalariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzolagani haqida xabar bergan edi.

Hujjat bilan 2028-yil 1-yanvarga qadar import qilinadigan dvigatel hajmi 1200 kub sm gacha bo‘lgan avtomobillar uchun bojxona to‘lovlari 0−5% gacha pasaytirildi.

Milliy axborot agentligi (O‘zA) bu import qilinadigan avtomobillarning yakuniy narxiga qanday ta’sir qilishini hisoblab chiqdi.

1000 kub sm hajmli avtomobil uchun

Ushbu toifaga kiruvchi bozor narxi 10 ming AQSh dollari bo‘lgan avtomobilni misol.

Bojxona boji:

Avval: 1900 AQSh dollari (15 foiz +0,4 AQSh doll/kub sm).

Hozir: 0 AQSh dollari (0 foizga tushirildi).

Farq: 1900 AQSh dollar.

QQS (12%)

Avval: 1428 dollar (bojxona boji qo‘shilgach hisoblangan).

Hozir: 1200 dollar.

Farq: 228 dollar.

Utilizatsiya yig‘imi (bazaviy stavkaning 30 baravari).

Taxminan 846 dollar (9,9 mln so‘m).

Bojxona yig‘imi (0,2%).

Taxminan 20 dollar.

Yakuniy narx:

Avval: 14 194 dollar (10 ming dollar mashina narxi + 4194 dollar majburiy to‘lov).

Hozir: 12 066 dollar.

Farq: 2128 dollar.

Demak, dvigatel hajmi 1000 sm kubgacha, narxi 10 ming dollar bo‘lgan avtomobil uchun to‘lanadigan majburiy to‘lovlar taxminan 2128 AQSh dollariga arzonlaydi (ushbu hisob-kitoblarda logistika narxi hisobga olinmagan).

1000 — 1200 sm kub hajmli avtomobil uchun

Ushbu toifaga kiruvchi (1197 sm kub) bozor narxi 20 ming AQSh dollari bo‘lgan avtomobil uchun misol.

Bojxona boji

Avval: 3718 dollar (15 foiz +0,6 AQSh doll/kub sm).

Hozir: 1000 dollar (5 foizga tushirildi).

Farq: 2718 dollar.

QQS (12%).

Avval: 2846 dollar.

Hozir: 2520 dollar.

Farq: 326 dollar.

Utilizatsiya yig‘imi (bazaviy stavkaning 120 baravari).

Taxminan 3385 dollar (39,6 mln so‘m).

Bojxona yig‘imi (0,2%).

40 dollar.

Yakuniy narx:

Avval: 29 989 dollar (20 ming dollar mashina narxi +9989 dollar majburiy to‘lov).

Hozir: 26 945 dollar.

Farq: 3044 dollar

Demak, dvigatel hajmi 1000 — 1200 sm kub, narxi 20 ming AQSh dollari bo‘lgan avtomobil uchun to‘lanadigan majburiy to‘lovlar taxminan 3044 AQSh dollariga arzonlaydi (ushbu hisob-kitoblarda logistika narxi hisobga olinmagan).