«birja» tegli maqolalar


O‘zbekistondagi eng qimmat mobil raqam qariyb 85 ming dollarga sotildi
27 mart 2024, 00:34

O‘zbekistondagi eng qimmat mobil raqam qariyb 85 ming dollarga sotildi

“20 000 00 00” mobil raqami auksionda rekord darajadagi 1,07 milliard so‘mga (85 ming dollar) sotildi. Auksionda 10 nafar talabgor ishtirok etib, 87 ta taklif kiritdi, shu bois raqamning boshlang‘ich bahosi 5 barobarga oshdi.

O‘zbekistonda birjada Ai-80 benzin xaridiga kiritilgan limit kamaytirildi
23 noyabr 2023, 12:48

O‘zbekistonda birjada Ai-80 benzin xaridiga kiritilgan limit kamaytirildi

Birjada Buxoro NQIZda ishlab chiqariladigan Ai-80 benzinining maksimal xarid hajmini kuniga 4 tonnagacha pasaytirdi, deb yozadi Spot. Bu yoqilg‘i quyish shoxobchalari va brokerlar so‘ragan ayni chegaradir. Shu bilan birga, istisno tariqasida, boshqa ishlab chiqaruvchilarga 10 tonnadan sotishga ruxsat beriladi.

Spot: Birjada Ai-80 benzinini sotish limitining oshirilishi xaridorlar sonini kamaytirdi
23 oktabr 2023, 21:36

Spot: Birjada Ai-80 benzinini sotish limitining oshirilishi xaridorlar sonini kamaytirdi

Birjada Ai-80 benzinini sotish limitining 5 tonnadan 10 tonnaga oshirilishi talabning bir necha barobar ortishiga va xaridorlarning ikki baravar qisqarishiga olib keldi, deb yozmoqda Spot. Ayrim AYOQSHlar faoliyatini to‘xtatdi. Birjada narx cheklovi ham kiritilgan bo‘lib, bu “bozor tamoyillariga zid”.

Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilayotgan tadbirkorlar birjada ham akkreditatsiya qilinadi
25 noyabr 2022, 10:54

Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilayotgan tadbirkorlar birjada ham akkreditatsiya qilinadi

Prezident qarori bilan tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonida birja tizimida ham akkreditatsiya qilish tartibi joriy etiladi. Shuningdek, 1 dekabrdan boshlab 13 oy muddatga monopol va davlat ishtirokidagi tashkilotlar ishlab chiqargan tovarlarni ichki bozorda faqat birja orqali sotish belgilandi.

Birjada shakar narxi 26,1 foizga arzonlashdi
14 iyun 2022, 14:09

Birjada shakar narxi 26,1 foizga arzonlashdi

Birjadagi uch savdo kuni yakunlari bo‘yicha shakarning o‘rtacha narxi 26,1 foizga — 1 kg uchun 10,7 ming so‘mgacha tushdi. Shu bilan birga, shakar zavodlari mazkur davrda taklif hajmini oshirmadi.

«Birja nimaligini bilmaydigan tuman hokimlari ham bor» — Shavkat Mirziyoyev
17 may 2022, 18:44

«Birja nimaligini bilmaydigan tuman hokimlari ham bor» — Shavkat Mirziyoyev

Birja savdolarni ko‘paytirish bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda davlat rahbari Jomboy va Uychi tumanlarida birja orqali g‘isht hamda beton qorishmasini sotgan korxonalarni e’tirof etib, hokimlar tomonidan bu tajriba yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganini tanqid qildi. «Ochiq aytish kerak, hali aksariyat hokimlar masalaning ichiga kirmagan, birja nimaligini bilmaydigan tuman hokimlari ham bor», — dedi u. Prezident yil oxirigacha o‘z mahsulotlarini birjalarga olib chiqadigan tadbirkorlar sonini 2 baravarga, mahsulotlar turini esa 5 baravarga oshirishni topshirdi.

Shakarning birja narxlari tushdi. Narxlar oshishiga «vahimachi tadbirkorlar» sababchi qilib ko‘rsatildi
24 mart 2022, 15:34

Shakarning birja narxlari tushdi. Narxlar oshishiga «vahimachi tadbirkorlar» sababchi qilib ko‘rsatildi

Oxirgi ikki savdo kunida shakarning birja narxi qariyb 30 foizga — 8735 so‘mgacha arzonlashdi. Xorazm shakar zavodi vakili narxlarning oshishida «vahima ichida katta hajmdagi mahsulotlarni sotib olib, narxlarning sun’iy ravishda oshishiga sabab bo‘lgan» tadbirkorlarni aybladi.

Shakarning birjadagi narxlari pasayishni boshladi
19 mart 2022, 00:43

Shakarning birjadagi narxlari pasayishni boshladi

18 mart kuni birja auksionlarida shakarning o‘rtacha qiymati o‘tgan kunga nisbatan 15,3 foizga — 1 kg uchun 11 921,9 so‘mdan 10 101,3 so‘mga arzonlashdi. Shu kuni 2100 tonna shakar sotildi. Xaridorlar soni ham ortdi.

Ai-80 benzinining birja narxlari pasayishni boshladi
19 noyabr 2021, 16:22

Ai-80 benzinining birja narxlari pasayishni boshladi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va boshqa idoralarning aralashuvidan so‘ng Ai-80 rusumli benzinning birja narxlari pasaya boshladi. Uch kun ichida yoqilg‘i narxi 9 foizga arzonlashdi, xaridorlar soni esa keskin oshdi.

Bir tonna Ai-80 benzinining birja narxlari yil boshidan buyon 72,1 foizga oshdi
12 noyabr 2021, 17:09

Bir tonna Ai-80 benzinining birja narxlari yil boshidan buyon 72,1 foizga oshdi

Yil boshidan buyon birjalarda Ai-80 rusumli benzinning ulgurji narxi 72,1 foizga — bir tonnasi uchun 5,81 million so‘mdan 10 million so‘mga qimmatlashdi. Shu bilan birga, asosan import qilinadigan va jahon kotirovkalari bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa turdagi (Ai-91, Ai-92 va Ai-95) yoqilg‘ining o‘sish sur’atlari mahalliy analogga nisbatan pastroq bo‘ldi. Avvalroq «O‘zbekneftgaz» va Energetika vazirligi yoqilg‘i quyish shoxobchalarida faqat Ai-80 rusumli benzin narxini ushlab turganini ma’lum qilgandi.

Bir haftada auksion orqali 9,4 mlrd so‘mlik avtoraqamlar sotildi
9 noyabr 2021, 16:57

Bir haftada auksion orqali 9,4 mlrd so‘mlik avtoraqamlar sotildi

1 — 7 noyabr kunlari onlayn auksion orqali jami 9,4 mlrd so‘mlik 3663 ta avtoraqam sotildi. Shuningdek, birja savdolari orqali jami 1 trln 442,3 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotilgan.

Kumushni zargarlarga birja orqali sotish yo‘lga qo‘yiladi
1 mart 2021, 12:06

Kumushni zargarlarga birja orqali sotish yo‘lga qo‘yiladi

1-martdan boshlab “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK tomonidan kumushni birja orqali zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga erkin sotish tartibi joriy etiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting