Prezidentning 3-fevraldagi farmoniga muvofiq, kumush zargarlarlik bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga birja orqali sotila boshlanadi.

Unga ko‘ra, 2021-yil 1-martdan boshlab zargarlik sohasida keng imkoniyatlar yaratish uchun “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK tomonidan kumushni birja orqali zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga erkin sotish tartibi joriy etiladi.

Qolaversa, bu borada 2021-yilgi davlat dasturida normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqilishi belgilangan.

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Navoiy KMK, Markaziy bank va boshqalar birjaga qo‘yiladigan kumush hajmlari va ularning boshlang‘ich narxini shakllantirishi lozim.

Zargarlik sohasidagi ishlab chiqaruvchilarga esa kumush mahsulotini sotib olish uchun keng imkoniyatlar yaratilishi reja qilingan.