Prezidentning 24 noyabrdagi «Iqtisodiyot tarmoqlarida birja mexanizmlaridan foydalanishni kengaytirish hamda birja savdolarini tartibga solish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi [PQ-430-sonli] qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qarorga ko‘ra, tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishda ularni bir vaqtning o‘zida birja tizimida akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi joriy etiladi.

Shu bilan birga, xorijiy yetkazib beruvchilar tomonidan davlat xaridlari tizimida ishtirok etish uchun majburiy tartibda elektron raqamli imzo olish talabi bekor qilinadi.

Ma’lumot uchun, 2021 yilning dekabrida hukumat qarori bilan tadbirkorlik subyektini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘lovi miqdori BHMning 20 foizi (54 ming so‘m) etib belgilandi. Ilgari buning uchun BHMning 1 baravarini (270 ming so‘m) to‘lash kerak edi.

Shuningdek, tadbirkorlarning yuqori likvidli va monopol bo‘lmagan mahsulotlarini birja savdolari orqali sotish uchun istiqbolli tovarlar seksiyasi tashkil etiladi.

Qaror bilan tadbirkorlarga, o‘z xohishiga ko‘ra, birjadan tashqari tuzilgan shartnomalar bo‘yicha birjaning hisob-kitob-kliring tizimi orqali kafolatli hisob-kitob xizmatidan foydalanish imkoniyati yaratiladi.

Mahsulotlarni «forvard» bitimlari asosida sotish tartibi birja savdolari orqali tuziladigan eksport-import shartnomalariga nisbatan ham qo‘llaniladi.

2022 yil 1 dekabrdan 2024 yil 1 yanvargacha monopol va davlat ishtirokidagi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqarilgan po‘lat shar, metall list prokati, suyuq uglerod oksidi, texnik kislorod, kaustik soda, neft koksi, sintetik nafta, barda — ishlab chiqarish hajmining 100 foizi bo‘lgan tovarlar ichki bozorda faqat birja savdolari orqali realizatsiya qilinadi.

Shuningdek, monopol bo‘lmagan va ustav fondida davlat ulushi 50 foizdan kam bo‘lgan yoki davlat ulushi mavjud bo‘lmagan yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan:

  • ️metall list prokati va sement — ishlab chiqarish hajmining kamida 50 foizi;
  • ️paxtadan olingan chigit, paxta moyi (ekstraksiya paxta moyi), qayta ishlangan chigit chiqindilari (shrot, sheluxa) va iste’mol etil spirti — ishlab chiqarish hajmining 100 foizi.