Jamiyat

Peshku tumanida «Moliyaviy piramida» tashkil etish holati aniqlandi
12 dekabr 2019, 14:18

Peshku tumanida «Moliyaviy piramida» tashkil etish holati aniqlandi

Buxoro viloyatining Peshku tumanida «Moliyaviy piramida» tashkil etgan shaxs fuqarolarning 577,4 ming dollari va 22,5 mln so‘mini qo‘lga kiritgani aniqlandi.

Tosh hovliga alyumin rom o‘rnatilgani prokuratura tomonidan o‘rganiladi
12 dekabr 2019, 10:03

Tosh hovliga alyumin rom o‘rnatilgani prokuratura tomonidan o‘rganiladi

Madaniyat vazirligi Xivadagi Tosh hovli majmuasiga alyumin romlar o‘rnatilganini xabar qildi. Hujjatlar prokuraturaga taqdim etiladi.

2020 yildan bir qator ma’lumotnomalar bekor qilinmoqda
11 dekabr 2019, 09:54

2020 yildan bir qator ma’lumotnomalar bekor qilinmoqda

Davlat organlariga 1 yanvardan boshlab fuqarolardan qariyb 30 turdagi ma’lumotnomalarni talab qilishi taqiqlandi. Yashash joyidan ma’lumotnoma, ishsizligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma shular jumlasidan.

Gulnora Karimovaning chet ellik advokatiga O‘zbekistonga kirishga ruxsat berilmadi
10 dekabr 2019, 19:58

Gulnora Karimovaning chet ellik advokatiga O‘zbekistonga kirishga ruxsat berilmadi

Gulnora Karimovaning shveysariyalik advokati Greguar Manjaga O‘zbekistonga kirishga ruxsat berilmadi. Amaldagi qonunchilikda chet el advokatlarining O‘zbekiston hududida faoliyat ko‘rsatishi nazarda tutilmagan, deyiladi Bosh prokuratura bayonotida.

30 kungacha muddatga kelgan chet elliklarni ro‘yxatga olishni bekor qilish rejalashtirilmoqda
10 dekabr 2019, 16:58

30 kungacha muddatga kelgan chet elliklarni ro‘yxatga olishni bekor qilish rejalashtirilmoqda

2020 yil 1 iyuldan O‘zbekistonga 30 kungacha muddatga kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ro‘yxatga olish tartibini bekor qilish taklif qilinmoqda.

Bolalarni tarbiyalashdagi majburiyatlarni bajarmaganlik uchun jarimalar oshishi mumkin
10 dekabr 2019, 09:56

Bolalarni tarbiyalashdagi majburiyatlarni bajarmaganlik uchun jarimalar oshishi mumkin

Bosh prokuratura bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berishdagi majburiyatlarni bajarmaganlik uchun jarimalarni oshirishni taklif qildi. Yil davomida bunday qonunbuzarliklar ikki barobarga ko‘paydi.

Maktablarda qishki ta’til 28 dekabrdan boshlanadi
9 dekabr 2019, 19:47

Maktablarda qishki ta’til 28 dekabrdan boshlanadi

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida qishki ta’til 28 dekabrdan boshlanadi.

Qashqadaryoda 17 yoshli o‘smir osilgan holatda topildi
9 dekabr 2019, 17:48

Qashqadaryoda 17 yoshli o‘smir osilgan holatda topildi

Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida 17 yoshli o‘smir hovlisidagi turnikka osilgan holatda topildi.

Toshkentda «Madad» markaziy ofisi ochildi
9 dekabr 2019, 16:45

Toshkentda «Madad» markaziy ofisi ochildi

Toshkentda aholiga bepul huquqiy yordam ko‘rsatuvchi «Madad» NNTning markaziy ofisi ochildi. Shu nomdagi bepul yuridik maslahat byurolari barcha viloyatlarda faoliyat ko‘rsatmoqda.

Havo haroratining pasayishi va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
9 dekabr 2019, 15:44

Havo haroratining pasayishi va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

10−14 dekabr kunlari ob-havoning sovishi va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Kunduzgi harorat asta-sekin +8… +11 darajagacha tushadi.

Rossiyadagi konda sodir bo‘lgan yong‘inda uch o‘zbekistonlik vafot etdi
9 dekabr 2019, 14:46

Rossiyadagi konda sodir bo‘lgan yong‘inda uch o‘zbekistonlik vafot etdi

Yamalo-Nenetsk avtonom okrugidagi (Rossiya) kon hududida sodir bo‘lgan yong‘inda uch o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, yana biri jarohatlandi.

IIO xodimlari haydovchini qo‘lga olish uchun quroldan foydalanishga majbur bo‘ldi
8 dekabr 2019, 15:50

IIO xodimlari haydovchini qo‘lga olish uchun quroldan foydalanishga majbur bo‘ldi

Toshkent IIBB xodimlari mast holda mashina boshqargan va xodimlarga pichoq bilan tahdid qilgan haydovchini qo‘lga olish uchun quroldan foydalanishga majbur bo‘ldi.

Ayrim dorixonalar retseptsiz kuchli ta’sir qiluvchi dorilar sotishda davom etmoqda
7 dekabr 2019, 17:48

Ayrim dorixonalar retseptsiz kuchli ta’sir qiluvchi dorilar sotishda davom etmoqda

Toshkentda pregabalin va boshqa kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi dorilarni retseptsiz sotgan uchta dorixona sotuvchilariga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Prezident 92 fuqaroni afv etdi
7 dekabr 2019, 13:09

Prezident 92 fuqaroni afv etdi

Prezident Konstitutsiya kuni munosabati bilan 92 nafar fuqaroni afv etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Ularning 73 nafar shaxs jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilinmoqda, 19 nafarining qamoq muddatlari qisqartiriladi.

Tuman sababli bir qancha Uzbekistan Airways reyslari qoldirildi
7 dekabr 2019, 12:34

Tuman sababli bir qancha Uzbekistan Airways reyslari qoldirildi

Toshkent xalqaro aeroportida Londondan kelgan reys tuman sababli qo‘na olmadi. Ko‘rish qiyinligi sababli bir qism reyslar ko‘chirildi.

Peterburgda o‘zbekistonlikka hujum qilganlar qo‘lga olindi
6 dekabr 2019, 20:35

Peterburgda o‘zbekistonlikka hujum qilganlar qo‘lga olindi

Sankt-Peterburgda O‘zbekiston fuqarosini qurol bilan tahdid qilib, tan jarohati yetkazishda gumonlanib besh kishi qo‘lga olindi. Hujum qilganlarning uch nafari O‘zbekiston fuqarolaridir.

Iste’mol savatchasi bo‘yicha tajriba yakunlari e’lon qilinmayotganiga izoh berildi
6 dekabr 2019, 18:44

Iste’mol savatchasi bo‘yicha tajriba yakunlari e’lon qilinmayotganiga izoh berildi

Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida iste’mol savatchasi va yashash minimumini aniqlash metodologiyasi sinovdan o‘tkazilmoqda. Iqtisodiyot va sanoat vaziri uning yakunlari ehtiyotkorlik yuzasidan hozircha e’lon qilinmasligini ma’lum qildi.

Gulnora Karimova yana bir jinoyat ishi ishtirokchisiga aylandi
6 dekabr 2019, 17:53

Gulnora Karimova yana bir jinoyat ishi ishtirokchisiga aylandi

Bosh prokuratura Gulnora Karimovaga nisbatan yangi jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari yakuniga yetganini xabar qildi. Ular ta’magirlik, talon-taroj qilish va jinoiy guruh tashkil etish bilan bog‘liq, deyiladi xabarda.

Samarqand hokimining sobiq o‘rinbosari jinoyat ishiga jalb qilindi
6 dekabr 2019, 15:58

Samarqand hokimining sobiq o‘rinbosari jinoyat ishiga jalb qilindi

Sud Samarqandda noqonuniy qurilgan 26 ta uyni buzish uchun 7,5 mlrd so‘mlik tovon pulini to‘lash to‘g‘risidagi jinoyat ishini ko‘rib chiqmoqda. Ayblanuvchilar orasida — sobiq hokim o‘rinbosari (hozirda viloyat bosh arxitektori) va Kapital qurilish direksiyasining sobiq o‘rinbosari.

Turizm qo‘mitasi umra ziyoratchilari oldidagi to‘siqlarni bartaraf etishga chaqirdi
6 dekabr 2019, 13:18

Turizm qo‘mitasi umra ziyoratchilari oldidagi to‘siqlarni bartaraf etishga chaqirdi

Umraga borishni xohlovchilarning ko‘pligi va ular oldida qator to‘siqlar borligi sababli fuqarolar boshqa yo‘llarni topish, jumladan o‘zga davlatlar orqali muqaddas ziyoratlarni amalga oshirishga majbur bo‘lmoqda, deya ma’lum qildi Turizm qo‘mitasi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting