O‘zbekistonda 2020 yilning 1 iyulidan vizali yoki vizasiz rejim asosida 30 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda O‘zbekistonda bo‘lib turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ro‘yxatga olish tartibini bekor qilish rejalashtirilmoqda.

Turizm sohasidagi islohotlar samaradorligini oshirishga qaratilgan prezident farmoni loyihasida bu haqda so‘z boradi. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan hujjat loyihasi muhokamalari 24 dekabrga qadar davom etadi.

Kelgusi yilning 1 iyulidan turistik yig‘im hisobini yuritishning yagona тизимини joriy etish belgilangan. Bunda ushbu to‘lovni, jumladan milliy mobil to‘lov ilovalari va xalqaro to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish imkoniyati yaratiladi. Chet elliklarning mamlakat hududida bo‘lib turishi va ularning o‘z vaqtida chiqib ketishi ustidan nazorat turistik yig‘im to‘lovini tekshirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Barcha nazorat-o‘tkazish punktlarida valyuta ayirboshlash va turistik yig‘imlarni qabul qilish shoxobchalari ochilishi lozim.

O‘zbekiston va qo‘shni mamlakatlar chegara o‘tkazish punktlari yaqinida yo‘lovchi va yuk tashish xizmatlarini ko‘rsatishga tadbirkorlik sub’ektlarini jalb qilish ham rejalashtirilmoqda.

Farmon loyihasida 1 yanvardan gidlar (gid-tarjimonlar), ekskursovodlar va instruktor-provodniklar xizmatlarини o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga beriladigan vaqtinchalik mehnat guvohnomasi bo‘yicha faoliyat (xizmatlar, ishlar) turlariga tenglashtirish taklif qilinmoqda.

Arxeologik turizmни rivojlantirish uchun arxeologik bog‘lar va vaqtinchalik yozgi dala lagerlari negizida arxeologiya bo‘yicha ekspeditsion dasturlarni (turistlarni arxeologik qazishmalar va razvedkalarda ishtiroki) tashkil etish belgilangan. Oltin konlari hududlarida turistik xizmatlarni rivojlantirish imkoniyatlari o‘rganiladi.

Nogironligi bo‘lgan odamlar uchun turizm xizmatlarini (inklyuziv turizm) rivojlantirish uchun nogironligi bo‘lgan odamlar uchun mamlakat bo‘ylab sayohatlar tashkil etish va inklyuziv turizmni targ‘ib qilish bilan shug‘ullanuvchi alohida jamoat tashkilotlarini ochish taklif qilinmoqda.

Yozgachcha nogironligi bo‘lgan odamlarning madaniyat ob’ektlari, avto va temir yo‘l vokzallari, aeroportlarda to‘sqinliklarsiz harakatlanishi uchun sharoitlar yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi qabul qilinishi lozim.

2020 yilda shaharlarda xususiy investorlarni jalb etgan holda alleya va xiyobonlar sonini oshirish bo‘yicha amaliy choralarni qabul qilish rejalashtirilmoqda.

Loyihada mahalliy va xorijiy aviakompaniyalar uchun aviatsiya infratuzilmalaridan foydalanishga nisbatan teng (diskriminatsiyalarsiz) tarif shartlarini o‘z ichiga olgan holda tariflarni qayta ko‘rish chiqish hamda qo‘shimcha to‘lovlarni olishga yo‘l qo‘ymaslik taklif qilinmoqda.

Aprelga qadar Havo kodeksiga bekor qilinmaydigan va yuksiz tariflardan foydalangan holda aviatashuvlar narxini optimallashtirish mexagizmlarini joriy etishni ko‘zda tutuvchi o‘zgartishlar kiritish bo‘yicha qonun loyihasini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.

2023 yil 1 yanvargacha mahalliy va xorijiy yuridik shaxslarga aviatsiya yoqilg‘isi va yoqilg‘i-moylash materiallari hamda aviatsiya yoqilig‘i va YOMMni tayyorlash uuchn xom ashyolarni olib kirishda bojxona to‘lovlarini (bojxona rasmiylashtiruvi uchun to‘lovlardan tashqari) to‘lashdan ozod qilish taklif qilinmoqda.

2020 yil 1 iyuliga qadar mamlakatdagi barcha aeroportlarda davlat xususiy sherikchilik (DXSH) asosida bojsiz savdo do‘konlarini (Duty Free) ochish taklif qilinmoqda.

Bundan tashqari, kelgusi yil davomida xalqaro aeroportlarga tutash 1 km radiusda, jumladan DXSH shartlarida avtomobil turargohlari, kafe, restoron, mini banklar, mehmonxonalar va boshqa ob’ektlarni tashkil etish uchun 5 gektardan ortiq bo‘lmagan hajmda yer uchastkalarini berish rejalashtirilmoqda.