O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi (Rossiya) bosh konsulxonasi 24 noyabr kuni O‘zbekiston fuqarosi F. X. hujumga uchraganini tasdiqladi, deya xabar qildi TIV matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, 4 nafar noma’lum shaxs F.X.ni kuch bilan avtomobilga chiqarib o‘rmonga olib borishgani, tan jarohati yetkazgani, qurol bilan tahdid qilib 36000 rubl olib kelishga majbur qilgan, so‘ngra Lomonosov metrosiga olib kelgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlardan olingan ma’lumotga ko‘ra ushbu holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, mazkur jinoyatni sodir etishda gumonlanib 5 kishi, jumladan 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingan.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga oldi hamda mazkur holat bo‘yicha tergov ishlarini olib borayotgan tegishli organlar bilan aloqa o‘rnatdi, deya qo‘shimcha qildi TIV.