Jamiyat

Auksion g‘olibiga yer berish uchun hokim qarori talab etilmaydi
27 avgust 2019, 14:59

Auksion g‘olibiga yer berish uchun hokim qarori talab etilmaydi

Prezident qarori bilan yer uchastkasini tanlash materiallari yuzasidan belgilangan tashkilotlarning xulosasini olish talabi bekor qilinadi.

2019−2020 o‘quv yili uchun darslik to‘plamlarining ijara to‘lovi miqdorlari belgilandi
27 avgust 2019, 14:55

2019−2020 o‘quv yili uchun darslik to‘plamlarining ijara to‘lovi miqdorlari belgilandi

Yangi o‘quv yili uchun darslik to‘plamlarining ijara to‘lovi miqdorlari belgilandi. 3-sinflar uchun ijara to‘lovi miqdori o‘tgan o‘quv yilidagiga nisbatan 12600 so‘mga, 8- va 9-sinflar uchun esa 31,8−29,1 ming so‘mga o‘sgan.

«Issiqlik ta’minoti to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi
27 avgust 2019, 13:50

«Issiqlik ta’minoti to‘g‘risida"gi qonun loyihasi e’lon qilindi

«Issiqlik ta’minoti to‘g‘risida"gi qonun loyihasida markaziy isitish tariflarini binoning umumiy maydonini hisobga olgan holda belgilash va faqat isitish mavsumi uchun to‘lov joriy etish taklif qilinmoqda.

Sherobod hokimining qo‘riqxonada mehmonxona uchun yer ajratish to‘g‘risidagi qarori bekor qilindi
27 avgust 2019, 12:33

Sherobod hokimining qo‘riqxonada mehmonxona uchun yer ajratish to‘g‘risidagi qarori bekor qilindi

Surxondaryo hokimi Sherobod tuman hokimining Surxon qo‘riqxonasida mehmonxona qurilishi uchun yer ajratishga ruxsat berish to‘g‘risidagi qarorini bekor qildi.

Toshkentda issiq suvning rejali o‘chirilishi jadvali
27 avgust 2019, 12:07

Toshkentda issiq suvning rejali o‘chirilishi jadvali

Toshkentda 9-sentyabrdan 11-oktyabrgacha muddatda issiq suv kuzgi reja asosida o‘chiriladi.

Tez tibbiy yordam avtomobillari haydovchilari mehnatiga haq to‘lash miqdorlari oshirildi
27 avgust 2019, 10:40

Tez tibbiy yordam avtomobillari haydovchilari mehnatiga haq to‘lash miqdorlari oshirildi

«Avtomobil transporti haydovchilari mehnatiga haq to‘lashning umumiy shartlari to‘g‘risidagi nizomning 1-ilovasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida"gi qaror ro‘yxatdan o‘tkazildi.

O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan jayronlarni ovlagan shaxslar qo‘lga olindi
27 avgust 2019, 09:48

O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan jayronlarni ovlagan shaxslar qo‘lga olindi

Qorako‘l tumanida uch dona ov quroli va kuchli yoritish asboblaridan foydalangan holda 2 bosh urg‘ochi jayronni ovlaganlar shaxslar qonun oldida javob beradigan bo‘ldi.

Farg‘onada Koreya xalqaro universiteti tashkil etiladi
26 avgust 2019, 17:36

Farg‘onada Koreya xalqaro universiteti tashkil etiladi

«Farg‘ona shahridagi Koreya xalqaro universitetini tashkil etish to‘g‘risida"gi hukumat qarori qabul qilindi.

Toshkentdagi avtobuslarga yil oxiriga qadar kuzatuv kameralari o‘rnatiladi
26 avgust 2019, 17:23

Toshkentdagi avtobuslarga yil oxiriga qadar kuzatuv kameralari o‘rnatiladi

Kuzatuv videokamerasi sinov tariqasida Toshkentdagi 24-yo‘nalishdagi avtobuslarga o‘rnatildi. Yil oxiriga qadar barcha yo‘nalishdagi avtobuslarga videokuzatuv vositalarini o‘rnatiladi.

Davlat xizmatlari sohasida sentyabr oyidan kuchga kiruvchi uchta muhim yangilik
26 avgust 2019, 17:07

Davlat xizmatlari sohasida sentyabr oyidan kuchga kiruvchi uchta muhim yangilik

Davlat xizmatlari sohasida sentyabr oyidan hujjatlarni nostrifikatsiya qilish, tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish, quduqlarni burg‘ulashga ruxsatnoma olish bo‘yicha yengilliklar yaratiladi.

Prezident maktablariga kira olmaganlar qaysi muassasalarda ta’lim olishi mumkin?
26 avgust 2019, 16:27

Prezident maktablariga kira olmaganlar qaysi muassasalarda ta’lim olishi mumkin?

XTV va DTMning qo‘shma qarori bilan Prezident maktablarining imtihonlarida yuqori ball yig‘ib, o‘qishga qabul qilinmagan nomzodlarni imtihonsiz, qo‘shimcha kvota asosida qabul qiluvchi ta’lim muassasalari ro‘yxatini tasdiqlandi.

Avgust oxirida havo haroratining pasayishi kutilmoqda
26 avgust 2019, 14:40

Avgust oxirida havo haroratining pasayishi kutilmoqda

Yaqin kunlarda havo issiq bo‘ladi, biroq dam olish kunlari haroratning 34 darajagacha tushishi kutilmoqda.

Chet elga ishga ketayotgan fuqarolarni kasbga yo‘naltirish markazlari tashkil etiladi
26 avgust 2019, 12:14 1

Chet elga ishga ketayotgan fuqarolarni kasbga yo‘naltirish markazlari tashkil etiladi

Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.

Bektemir tumanidagi AGTKSda «ZIL» yuk mashinasining motor va kabina qismlari yonib ketdi
26 avgust 2019, 11:37

Bektemir tumanidagi AGTKSda «ZIL» yuk mashinasining motor va kabina qismlari yonib ketdi

Bektemir tumani, Ohangaron shox ko‘chasida joylashgan AGTKSda «ZIL» rusumli yuk avtomashinasini motor va kabina qismlari yongan. Jabrlanganlar yo‘q.

Shavkat Mirziyoyev «Sharq taronalari» doirasida o‘tkaziladigan konferensiya qatnashchilariga tabrik yo‘lladi
26 avgust 2019, 11:20

Shavkat Mirziyoyev «Sharq taronalari» doirasida o‘tkaziladigan konferensiya qatnashchilariga tabrik yo‘lladi

Samarqandda YUNESKO shafeligidagi «Moddiy va nomoddiy madaniy merosni asrash: dolzarb muammolari va ularni hal qilish strategiyasi» nomli xalqaro konferensiya ishtirokchilariga prezident tabrik yo‘lladi.

Mahalliy ishlab chiqaruvchilar qo‘llab-quvvatlanadi
26 avgust 2019, 10:55

Mahalliy ishlab chiqaruvchilar qo‘llab-quvvatlanadi

Prezident qarori bilan mahalliylashtirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmini oshirish belgilandi.

Markaziy harbiy okrug poligonida yangicha yondashuvdagi amaliy otish mashg‘uloti ko‘rsatildi (foto+video)
26 avgust 2019, 10:04

Markaziy harbiy okrug poligonida yangicha yondashuvdagi amaliy otish mashg‘uloti ko‘rsatildi (foto+video)

«Kattaqo‘rg‘on» poligonida doimiy jangovar shaylikdagi harbiy qism shaxsiy tarkibi bilan katta masshtabdagi amaliy otish mashg‘uloti o‘tkazildi.

Toshkent shahriga yangi bosh imom-xatib tayinlandi
25 avgust 2019, 14:23

Toshkent shahriga yangi bosh imom-xatib tayinlandi

Andijon viloyat bosh imom-xatibi Nuriddin Xoliqnazarov Toshkent shahar bosh imom-xatibi lavozimiga tayinlandi.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» konchilarning ish tashlashi bo‘yicha izoh berdi
25 avgust 2019, 01:30

«O‘zbekiston temir yo‘llari» konchilarning ish tashlashi bo‘yicha izoh berdi

«Sharg‘unko‘mir» korxonasining 200 ga yaqin konchisi ish tashladi. «O‘zbekiston temir yo‘llari» 9 nafar mutasaddi rahbarning lavozimidan ozod etilganini ma’lum qildi.

Davlat rahbarini qo‘riqlash vakolati Prezident davlat xavfsizlik xizmatiga o‘tkazilmoqda
24 avgust 2019, 13:48

Davlat rahbarini qo‘riqlash vakolati Prezident davlat xavfsizlik xizmatiga o‘tkazilmoqda

Prezident, uning oila a’zolari hamda xorijiy davlatlar rahbarlarini qo‘riqlash Prezident davlat xavfsizlik xizmatiga o‘tkazilmoqda. Bu vazifalarni DXX bajarib kelayotgan edi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting