2019 yil 25 avgust kuni soat 19:11da, Bektemir tumani, Ohangaron shox ko‘chasida joylashgan, «Gulsara Lyuks» MCHJga qarashli AGTKSda «ZIL» rusumli yuk avtomashinasini motor va kabina qismlari yongan. Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 19:15da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 19:24da o‘chirilgan. Yong‘in joyiga 4 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan. Bu haqda Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘inda insonlarni halok bo‘lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi.