O‘zbekiston bo‘ylab kuzatilayotgan issiq ob-havo yaqin kunlarda saqlanib turadi. 26−28 avgust kunlari me’yordan 2−3 daraja yuqori bo‘lgan kam bulutli quruq ob-havo kuzatiladi. Havo harorati kechasi +17…+22, kunduzi esa +33…+38 daraja atrofida bo‘ladi.

Payshanba kuni respublikaning shimoliy hududlariga Volgabo‘yidan salqin havo massalarining kirib kelishi kutilmoqda. Juma kuni salqin havo respublikaning barcha hududlariga tarqaladi. Havo oqimining kirib kelishi natijasida ayrim joylarda shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

29 avgustdan Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida, 30 avgustdan esa respublikaning qolgan viloyatlarida harorat pasayishni boshlaydi.

Avgustning oxirgi kunlari havo harorati avgust so‘ngidagi ko‘rsatkichlardan 2−3 daraja, shimolda esa 5−7 daraja pastroqni tashkil etib, kechasi +15…+20, kunduzi +29…+34 daraja, shimolda kechasi +12…+17, kunduzi +22…+27 daraja atrofida bo‘ladi.

Yaqin kunlardagi ob-havo ma’lumotlari