Joriy yilning 24 avgustidan 25 avgustiga o‘tar kechasi Buxoro viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi inspektorlari hamda mazkur hudud harbiy qism safdorlari tomonidan ushbu hududda yashovchi fuqarolarning Qorako‘l tumani Qorako‘l ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaligi hududida O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan, noyob turlardan hisoblangan jayronlarni ovlayotgan vaqtlarida qo‘lga tushirdilar.Bu haqda ekologiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

To‘rt nafar qonunbuzarlar tunda uch dona ov quroli va kuchli yoritish asboblaridan foydalangan holda 2 bosh urg‘ochi jayronni ovlagan.

Huquqbuzarlar ushbu harakatlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 202-moddasida ko‘rsatilgan talablarini buzganliklari uchun, shuningdek, mazkur huquqbuzarlik holatida jinoyat alomatlari borligi sabablito‘plangan hujjatlar chora ko‘rish uchun amaldagi qonunchilik asosida huquqni muhofaza qilish organlariga topshirildi.