Samarqand shahridagi Forumlar saroyida BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (YUNESKO) shafeligida «Moddiy va nomoddiy madaniy merosni asrash: dolzarb muammolari va ularni hal qilish strategiyasi» mavzusida xalqaro konferensiya boshlandi. Bu haqda Zarnews.uz xabar berdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning anjuman qatnashchilariga yo‘llagan tabrigini O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov o‘qib eshittirdi.

YUNESKO Bosh direktori Odri Azule xonim so‘zga chiqib, mazkur xalqaro anjuman O‘zbekistonda va nomoddiy madaniy merosni asrab-avaylash borasidagi ishlarni yanada takomillashtirish, bu boradagi milliy amaliyot va xalqaro tajribani o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidladi.

Yalpi majlisdan so‘ng konferensiya o‘z ishini uch seksiyada davom ettirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivali doirasida xalqaro konferensiya ham doimiy ravishda o‘tkazib kelinadi.